Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

Modrich futbol tarixidagi eng yirik shartnomalardan birini rad etdi

Modrich futbol tarixidagi eng yirik shartnomalardan birini rad etdi

Baho:
+-1 | -

Dushanba kuni Madridning "Real" klubi yarim himoyachi Luka Modrich bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qildi. 37 yoshli xorvat Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi mumkin edi, ammo Madridda yana bir mavsum qolishga qaror qildi. Nufuzli insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda shu mavzuda xabar yozdi.

"Modrich Saudiya Arabistonidan futbol tarixidagi eng katta maosh takliflaridan birini oldi. U katta hurmat bilan bu taklifni rad etishga qaror qildi. Faqat bitta sabab bor - u o‘z klubi - "Real Madrid"da o‘ynashni, kurashishni va g‘alaba qozonishni davom ettirmoqchi", - deb yozadi Romano.

Eslatib o‘tamiz, Luka Modrich 2012 yilning yozi oxirida "Real"ga o‘tgan edi.

Kiritildi: 20:38, 26.06.2023.
O'qildi: 7142 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик