Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

"Valensiya" o‘z yetakchilaridan birini sotishga qaror qildi

"Valensiya" o‘z yetakchilaridan birini sotishga qaror qildi

Baho:
+ | -

"Valensiya" amerikalik yarim himoyachi Yunus Musani sotishga tayyor.

Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, “ko‘rshapalaklar” rahbariyati joriy yilning yanvar oyida yarim himoyachi bo‘yicha barcha takliflarni rad etgandi, jumladan "Chelsi"ning og‘zaki taklifini ham. Biroq, hozirda rahbariyatning fikri o‘zgardi va o‘z futbolchisini sotishga tayyor.

Qayd etilishicha, ispan klubi rahbariyatini 20 million yevrolik taklif qoniqtiradi. Matteo Morettoning so‘zlariga ko‘ra, "Milan" Musani transfer ro‘yxatiga qo‘shib olgan.

O‘tgan mavsumda Yunus klublar o‘rtasidagi barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita golga assistentlik qilgan. Transfermarkt portali 20 yoshli JCH-2022 ishtirokchisining narxini 18 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 06:08, 27.06.2023.
O'qildi: 983 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик