Angliyaning “Lids” klubi o‘z darvozaboni – yosh fransiyalik Illan Melye bo‘yicha takliflarni tinglashga tayyor.
Bundan tashqari, Football Insider xabariga ko‘ra, klub darvozabonni sport formasi yomon bo‘lgani uchun chegirmaga - 46 million yevroga emas, 36 millionga sotishga tayyor.
Melye o‘tgan mavsumda “tovuslar” safida barcha musobaqalarda 38 ta o‘yin o‘tkazib, 73 marta o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yuborgan.













