Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas 2-2 Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe

Yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida mojaro yuzaga keldi

Yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida mojaro yuzaga keldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

FIFA bu masalani hal qiladi

21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Yevropa chempionati yaxshi o‘tayotgani yo‘q. Kechagina italiyaliklarning fransuzlar darvozasiga yo‘llagan, biroq hisoblanmagan goli bilan bog‘liq janjal barham topdi (Fransiya 2:1 hisobida g‘alaba qozondi). Biroq ko‘p o‘tmay yangi mojaro boshlandi - Ukraina jamoasi turnir qoidalarini buzganlikda ayblandi.

Muammo nimada?

FIFA qoidalariga ko‘ra, o‘yinlar orasida 48 soatdan kam vaqt o‘tgan bo‘lsa, bir xil o‘yinchidan turli yoshdagi jamoalarda foydalanish mumkin emas. Ukrainaliklar bu qoidani buzishdi - yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Rostislav Rotan darvozabon Anatoliy Trubin va yarim himoyachi Georgiy Sudakovni maydonga tushirdi. 21 iyun kuni har ikkala futbolchi ham Xorvatiyaga qarshi yoshlar Yevrosining birinchi turida (2:0) soat 21.00da maydonga tushgandi, biroq 19-kuni kattalar jamoasi bazasida Maltaga qarshi (1:0) soat 23.00da ham ular termaga yordam berishgan. Ya’ni, ikki uchrashuv o‘rtasida ikki kundan kam vaqt o‘tdi, bu esa reglamentning buzilishi hisoblanadi.

Ruminiyaliklar bilan esa nima sodir bo‘ldi?

Bir qarashda muammo ahamiyatsizdek ko‘rinadi – ikki o‘yin o‘rtasida taxminan 48 soat vaqt o‘tdi va daqiqalarni sanash yoki bir-ikki soat kechikish biroz g‘alati tuyuladi. Biroq, undan boshqa holatlar ham bor edi. Birinchidan, Ruminiya terma jamoasi birinchi turda xuddi shu sababdan jabr ko‘rdi. Sal avvalroq shveysariyaliklarga qarshi asosiy tarkibda o‘ynagan jamoa sardori Vladimir Skrechu ispanlar bilan o‘ynay olmagandi - o‘yinlar oralig‘ida 48 soat o‘tmagandi. Natijada turnir mezbonlari Ispaniyaga yirik 0:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Ikkinchidan, Ruminiya terma jamoasi Ukraina terma jamoasiga qarshi eng muhim o‘yin arafasida bunga izoh olish uchun rasmiylarga murojaat qildi. Ruminiyaliklarning mag‘lubiyati ular uchun turnirdan chiqib ketishni anglatardi va ular so‘nggi imkoniyatga tish-tirnog‘i bilan yopishib olishlari kerak edi. Ular ukrainlar uchun qisman yoki to‘liq diskvalifikasiyani xohlashdi.

Ammo bundan hech narsa chiqmadi - Trubin va Sudakov 24 iyun kungi uchrashuvga qatnashdi va Ruminiya yoshlar terma jamoasi 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi va guruhdan chiqish imkoniyatlarini yo‘qotdi. Aytgancha, futbol mutasaddilari voqeaga izoh berishmadi. Ammo Ruminiya futbol federasiyasi izoh uchun FIFAga murojaat qildi.

Turnirda nima gap?

Odatdagidek, yoshlar chempionatlarida "o‘qlangan" yoshlar porlaydi. Turnirda bunga misollar ham bor - gruziyalik darvozabon Mamardashvilidan tortib ingliz himoyachisi Levi Koluillgacha, Oktavian Popeskudan tortib Sandro Tonaligacha. Bu Yevroda sensasiyalar ham uchramoqda. Shunday qilib, Germaniya va Portugaliyada pley-offga chiqa olmaslik xavfi bor va turnirning asosiy kashfiyoti - chempionat mezboni Gruziya. Bu mamlakat terma jamoasi Belgiya, Gollandiya va Portugaliya bilan amalda eng og‘ir guruhdan chiqdi va bu yo‘lda tomoshabinlar rekordini ham yangiladi - Gruziya va Belgiya o‘rtasidagi o‘yinni 40 mingdan ortiq odam jonli ravishda tomosha qildi.

Eng kuchli Fransiya termasi hamon turnir favoriti hisoblanmoqda - turnirdagi eng qimmat jamoa (tarkibning narxi 400+ million). Ular uchun guruh bosqichi muammosiz o‘tmoqda. Raqobatchilar Angliya va Ispaniya bo‘lib, ular ham pley-offga chiqqan.

Kiritildi: 10:34, 27.06.2023.
O'qildi: 3641 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.