Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Kovachich: "Manchester Siti"ga o‘tish - har qanday futbolchining orzusi"

Kovachich: "Manchester Siti"ga o‘tish - har qanday futbolchining orzusi"

Baho:
+ | -

Yarim himoyachi Mateo Kovachich "Manchester Siti" bilan shartnoma imzolagani haqida fikr bildirdi.

“Bu men uchun hayratlanarli qadam va men boshlashni kuta olmayman. Gvardiola qo‘l ostida bu jamoani kuzatgan har bir kishi ular qanchalik yaxshi ekanini biladi - men uchun ular dunyoning eng zo‘ri.

"Siti"ga o‘tish - har qanday futbolchining orzusi. Hali o‘rganishim va rivojlantirishim kerak bo‘lgan ko‘p narsa bor va bilamanki, Xosep qo‘l ostida men yaxshiroq o‘yinchiga aylana olaman, bu meni juda xursand qiladi. Endi men bir necha hafta dam olishni va keyin Manchesterga qaytib, yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rishni rejalashtiryapman. Men bu klubga yuqori pog‘onada qolishga va ko‘proq sovrinlarni qo‘lga kiritishga yordam bermoqchiman", - deya Kovachichning so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.

29 yoshli xorvatning “shaharliklar” bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.

2022/23 yilgi mavsumda Kovachich “Chelsi” safida barcha turnirlar doirasida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 40 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 07:33, 28.06.2023.
O'qildi: 1176 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик