Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Rasman. Messining yangi jamoasiga bosh murabbiy tayinlandi

Rasman. Messining yangi jamoasiga bosh murabbiy tayinlandi

Baho:
+ | -

"Barselona" va Argentina terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Xerardo Martino "Inter Mayami" bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Argentinalik mutaxassis kerakli hujjatlarni olgach, murabbiylik faoliyatini boshlaydi.

60 yoshli mutaxassisning so‘nggi ish joyi o‘tgan yilning noyabr oyida tark etgan Meksika terma jamoasi bo‘lgan. Bungacha Martino “Atlanta”, “Barselona”, “Nyuells Old Boyz”, “Libertad”, “Kolon”, “Serro Porteno” hamda Argentina va Paragvay terma jamoalarini boshqargan.

Iyun oyida Lionel Messi faoliyatini “Inter Mayami”da davom ettirishini ma’lum qilgandi. 36 yoshli forvard Martino qo‘l ostida "Barselona" va Argentina terma jamoasida o‘ynagan.

Kiritildi: 04:44, 29.06.2023.
O'qildi: 2062 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик