Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas 0-1 Selta
05/10 21:30 Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton 0-0 Nyukasl
05/10 23:45 Inter 3-2 Torino
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 0-0 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina - Fransiya
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:00 Braziliya - Argentina
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Ayyor "Manchester Siti". "Shaharliklar" qanday qilib o‘z raqiblarini millionlarga tushirganini bilasizmi?

Ayyor "Manchester Siti". "Shaharliklar" qanday qilib o‘z raqiblarini millionlarga tushirganini bilasizmi?

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" yozgi transferlar oynasida Deklan Raysni sotib olmoqchi edi. Ammo 90 million funtlik taklifi rad etilgach, poygadan chiqdi. Bu esa "Arsenal"ga yo‘l olchib berdi. Hozir to‘pchilar "Vest Xem" bilan yarim himoyachi borasida 105 million funtlik kelishuvga erishdi. Ha, bunga erishildi. Ammo "shaharliklar" qistovi sababli Raysning narxi yanada oshib ketdi. Bunday misollar tarixda ko‘p uchraydi. Avvalari "MYU" va "Chelsi" ham "Manchester Siti" sababli o‘z nishonlariga keragidan ortiq to‘lashga majbur bo‘lishgan. Quyida shu haqida.

Fred – 52 million evaziga "MYU"

Braziliyalik futbolchi 2018 yilda "Manchester Siti"ga o‘tishi kerak edi. "Shaxtyor" va "shaharliklar" yarim himoyachi borasida 44.5 million funtlik kelishuvga erishadi. Biroq, "MYU" Fredga 50 milliondan ko‘proq taklif qilib, transfer poygasida yutib chiqadi. Shundan beri Fred 200 dan ortoq o‘yinlarda "qizil iblislar" safida maydonga tushdi. Biroq, u o‘zidan kutilgan natijani bera olmadi.

Jorjinyo – 50 million evaziga "Chelsi"

Ko‘pchilik Jorjinyoning bir paytlar "Manchester Siti"ga o‘tishga yaqin kelganini esdan chiqargan bo‘lishi mumkin. Italiya terma jamoasi a’zosi uchun 2018 yilda "shaharliklar" 46.5 million funt to‘lamoqchi bo‘ladi. "Chelsi" esa poygada yutqazmaslik uchun "Napoli"ga 50 million funt taklif qiladi. Shu asnoda London klubi Jorjinyoni Gvardiola tumshug‘i ostidan olib ketadi. Ammo bu bejiz emasdi. Oradan bir yil o‘tib, Gvardiola Rodrini o‘z jamoasiga olib keldi. Hozir u treb-qahramonlardan biri.

Xarri Maguayr – 80 million evaziga "MYU"

2019 yilning yozida Maguayr ko‘pchilik klublar o‘rtasida talash bo‘layotgan edi. Ular ichida "Manchester Siti" ham bo‘lgan. Biroq, "shaharliklar" himoyachi evaziga 70 milliondan ortiq to‘lay olmasdi. Masalani tezroq hal qilish uchun "MYU" Maguayr uchun 80 million funt to‘lab beradi. Aytish mumkinki, bu pullar deyarli havoga uchdi. Maguayr esa to‘rt yildan keyin "qizil iblislar" safini tark etish bo‘sag‘asida turibdi.

Krishtianu Ronaldu – 12.9 million evaziga "MYU

2021 yilda Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted"ga afsonaviy qaytishni amalga oshirgan edi. Ammo undan oldin sobiq "Yuventus" hujumchisi "Manchester Siti" bilan uzoq vaqt muzokaralar olib boradi. Gvardiola jamoasiga Ronaldu taklif etilgandi. Ammo "MYU" bu yerda ham tezkor harakat qilib, 13 million evaziga portugaliyalik yo‘lini burib yuboradi. Ronaldu Angliyaga qaytganidan keyin 54 ta o‘yinda 27 ta gol urishga erishdi. Biroq, Pirs Morgan bilan bo‘lgan intervyudan sӯng, hammasi yomon tomonga o‘zgardi – Ronaldu "MYU"dan quvildi.

Aleksis Sanches – Mxitaryan o‘rniga "Arsenal"dan "MYU"ga

Aleksis Sanches  va Genrix Mxitaryan 2018 yilda o‘zgaro almashtiriladi. Ammo chililik hujumchiga "Manchester Siti" qiziqa boshlagandi. Bu esa "MYU"ni Sanchesga o‘ta katta, haftasifa 500 ming funt maosh berishga majbur qiladi. Negaki, futbolchini jamoada saqlab qolish kerak edi. Bu miqdor "shaharliklar" taklif qilgan 290 ming funtdan deyarli ikki barobar ko‘p edi. Afsuski, Sanches 20 karra chempionlar safida ikki yil ichida 45 ta o‘yinda maydonga tushib  5 ta golga mualliflik qildi xolos. U 2020 yilda "Inter"ga ketadi.

Deklan Rays – 105 million evaziga "Arsenal"

Rays "Manchester Siti" aralashgani sababli narxi yanada oshib ketgan futbolchilarning so‘nggisidir. Gvardiola jamoasi yarim himoyachi evaziga 90 million funt taklif qildi. Bu so‘rov rad etilgach, ular o‘yindan chiqdi. Ko‘p o‘tmay, "Arsenal" uchinchi, 105 millionlik taklifini jo‘natdi. Bu esa qabul qilindi. Shunday qilib, "Siti" "Arsenal"ni futbolchi uchun qo‘shimcha 15 million funt to‘lashga majbur qildi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 09:47, 29.06.2023.
O'qildi: 6400 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.