Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas 0-1 Selta
05/10 21:30 Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton 0-0 Nyukasl
05/10 23:45 Inter 3-2 Torino
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 0-0 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina - Fransiya
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:00 Braziliya - Argentina
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

"Manchester Yunayted" De Xeani yo‘qotishga tayyorlanmoqda

"Manchester Yunayted" De Xeani yo‘qotishga tayyorlanmoqda

Baho:
+ | -

“Chelsi” o‘z tarkibini bir yilda ikkinchi marta tiklasa, “Arsenal” esa Premyer-liga yulduzlari hisobiga kuchayib borayotgan bir paytda “Manchester Yunayted” transfer bozorida jim. Bundan tashqari, u hatto uzoq muddatdan beri jamoada o‘ynayotgan futbolchilar bilan ham shartnomani uzaytirmayapti. Ulardan biri jamoa faxriysi David De Xeadir. Ispaniyalik futbolchi ligadagi eng taniqli o‘yinchilardan biri, ammo hozir uning top-futboldagi kelajagi so‘roq ostida.

O‘tgan mavsum "Manchester Yunayted" uchun juda muhim bo‘ldi. Jamoa nihoyat kubokni qo‘lga kiritdi (Liga kubogi), Chempionlar ligasiga qaytdi, Angliya kubogini yutishga yaqin edi va ko‘p yillik murabbiy topgandek bo‘ldi. Erik ten Xag birinchi mavsumda “Ayaks” uslubini ingliz maydonlariga to‘liq o‘tkaza olmadi, ammo buni amalga oshirish kamida ikkita sababga ko‘ra qiyin edi. Birinchidan, tarkibni shakllantirishga vaqt kerak bo‘ladi. Ikkinchidan, niderlandiyalikning falsafasiga hamma futbolchilar ham mos kelavermaydi.

Shunday o‘yinchilardan biri o‘tgan yozdan beri maqomi noaniq bo‘lgan David De Xea edi. Ko‘rinib turibdiki, u jamoaning asosiy darvozaboni, ammo klub va birinchi navbatda, ten Xag u bilan hisoblashmayotganga o‘xshaydi. Ammo Premyer-liga natijalariga ko‘ra u quruq o‘yinlarda eng yaxshi natijani ko‘rsatgan va “Oltin qo‘lqop”ga ega chiqdi.

David haqida bir qancha shikoyatlar bor. Birinchidan, u oyoq bilan yomon harakat qiladi. Ispaniyalik uzatmalarning o‘rtacha aniqligi 71%, Alissonda esa 85%. Bundan tashqari, braziliyalik De Xeaga qaraganda 200 dan ortiq uzatmaga ega. "Manchester Yunayted"ning yangi uslubi uchun qisqa masofalarda o‘ynashni biladigan va raqib bosimi ostida adashmaydigan darvozabon kerak. David har doim bu bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan va 32 yoshida u ushbu kamchiligini tuzatishi dargumon.

Ikkinchidan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri darvozabonning vazifalari. Ilgari De Xea birga bir vzaiyatlarda o‘ynash bo‘yicha eng zo‘r edi. Ammo Davidning bu yerda ham muammolari paydo bo‘la boshladi. Joriy mavsumda u "Manchester Yunayted"dagi butun faoliyati davomidagidan ko‘ra ko‘proq xatolarga yo‘l qo‘ydi. Darvozabon “Vest Xem” bilan o‘yinda, “Siti” bilan kubok finalida uzoq masofadan gollar o‘tkazib yubordi, shuningdek, u “Sevilya” bilan o‘yinda kulgili tarzda o‘ynadi.

Ten Xag barcha xatolardan so‘ng futbolchini qo‘llab-quvvatladi va hatto klub u bilan yana shartnoma imzolashiga umid bildirdi. Ammo bu yo‘lda niderlandiyalik futbolchi De Xeaga faol raqobatchi qidirishga shama qildi.

“De Xea qoladi, lekin u har doim jamoaning asosiy darvozaboni roliga asosiy nomzod bo‘lib qoladi deb ayta olmayman. Buni aytayotganim uchun “Manchester Yunayted”dek klubda har doim, barcha pozisiyalarda raqobat bo‘lishi kerak ", dedi Ten Xag mavsum oxirida.

Shu fonda "Manchester Yunayted" allaqachon Davidga o‘rinbosar qidirmoqda. Asosiy nomzodlar orasida “Inter”dan Andre Onana va “Portu”dan Diogo Kosta bor. Birinchi bilan ten Xag uning "Ayaks"dagi faoliyatidan tanish, ikkinchisi esa dunyodagi eng istiqbolli darvozabonlardan biri. Har ikkisi ham oyoqlari bilan yaxshi va qisqa o‘yin ko‘rsatadi.

Garchi klub va murabbiy Davidni birinchi raqam deb hisoblamasa ham, ular hali ham u bilan xayrlashmoqchi emaslar. Ammo bu yerda juda g‘alati vaziyat yuz bermoqda. The Athletic xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" darvozabonga maoshi kamaytirilgan shartnoma taklif qilgan. Aniq summa oshkor etilmadi, ammo yakuniy kelishuvga ko‘ra, De Xea haftasiga 375 ming funt ishlab olmaydi.

Agar "Manchester Yunayted" bilan kelishuv amalga oshmasa, De Xea Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi mumkin. TalkSPORT nashrining xabar berishicha, iyun oyi boshida ispaniyalik futbolchiga foydali taklif tushgan. Hozircha Davidning ustuvor vazifasi Manchesterda qolish. Ammo shu yozda Eduard Mendidan keyin APLning yana darvozaboni Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketishini inkor etib bo‘lmaydi.

Kiritildi: 15:06, 30.06.2023.
O'qildi: 2289 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.