Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Ronaldu yangi mavsumda hammani “sindirishga” tayyorlanmoqda

Ronaldu yangi mavsumda hammani “sindirishga” tayyorlanmoqda

Baho:
+ | -

Olti oy oldin Krishtianu Ronaldu Yevropani tark etishga qaror qildi. Portugaliyalik yulduz futbolchi “An-Nasr” foydasiga tanlov qildi va hozir Saudiya Arabistonida to‘p tepmoqa. Mahalliy ligada Ronalduning moslashishi ko‘p vaqt talab etmadi - portugaliyalik 16 o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol urdi va ikkita samarali uzatma berdi. “An-Nasr” chempionatda “Al-Ittihod”dan 5 ochko ortda qolib, ikkinchi o‘rinni egalladi. Endi Krishtianu Saudiya Arabistonidagi ilk to‘liq mavsumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bugun biz yangi mavsumda portugaliyalik yulduz hujumchidan nimani kutish mumkinligini tushunishga harakat qilmoqda.

Saudiya Arabistoni yulduzlar ligasini yig‘a boshladi. Ronalduning kelishi bu borada mamlakatga yordam bermoqda - mahalliy Pro-liganing obro‘si sezilarli darajada oshdi. Krishtianu allaqachon Saudiya Arabistoni chempionati kelajakda dunyoning kuchli beshligiga kirishini bir necha bor ta’kidlagan. Portugaliyalik boshqa nufuzli futbolchilarni ham bu yerga kelishga undagan. Lionel Messi bunday imkoniyatdan voz kechdi, biroq Karim Benzema, Ngolo Kante, Kalidu Kulibali va yana bir qancha nufuzli futbolchilar bunga rozi bo‘lishdi.
Saudiya Arabistoni ligasining istiqbollarini baholash hali ham qiyin. Mamlakat Xitoy tarixini takrorlash xavfi bor. Yulduzlar ham u yerga faol taklif qilindi, ammo qaysidir bosqichda hamma narsa tinchlandi.

Saudiyaliklar yuqori moliyaviy imkoniyatlar tufayli maqomli o‘yinchilarni jalb qilishadi, ular ko‘pincha o‘z kareralarining tugashida bu yerga keladi. Yevropadan umidli yoshlar hali Saudiya Arabistoniga bormaydi, albatta. Bunday vaziyatda mahalliy Pro-liganing Ronaldu aytganidek, saviya bo‘yicha yuqori o‘rinlardan joy olish imkoniyati yo‘q. Shu bilan birga chempionat yulduz futbolchilar tufayli jozibali bo‘ladi.

Hozirgi ko‘rinishida Saudiya Arabistoni chempionati Ronaldu uchun ideal. “An-Nasr”da portugaliyalik darhol sardor va alohida maqomga ega futbolchiga aylandi. Mish-mishlarga ko‘ra, Krishtianuning so‘zi hatto klubning transfer qarorida ham ta’sir qiladi. Bir so‘z bilan aytganda, Ronaldu bu yerda qirol. Yulduz portugaliyalik uchun bu muhim. "Manchester Yunayted"dagi so‘nggi oylarda Krishtianu ikkinchi fonga tushib qoldi. Ronaldu hali ham 90 daqiqa o‘ynashni xohlaydi. "Manchester Yunayted"da Krishtianuning xarakteri yosh futbolchilarning rivojlanishiga yaqqol to‘sqinlik qilgan. "An-Nasr"da bunday muammo yo‘q, chunki butun Saudiya ligasi kabi klub oldiga ham boshqa vazifalar qo‘yilgan. Va bu vazifalarda Ronalduning figurasi juda mos keladi.

Ronaldu tinchroq xarakterga ega bo‘lsa, Yevropada bir necha yil bemalol o‘ynagan bo‘lardi. Jismoniy jihatdan portugaliyalik mukammal ko‘rinishda 38 yoshida u hali ham ko‘p vaqtini mashg‘ulotlarga bag‘ishlaydi. Agar Saudiya ligasi haqida gapiradigan bo‘lsak, bu yerda Krishtianu, albatta, ko‘p narsaga qodir. O‘tgan mavsumning ikkinchi qismida biz portugaliyalikning dubl, xet-trik va pokeriga guvoh bo‘ldik. Yangi ligada Ronaldu, albatta, muntazam ravishda gol urishda davom etadi.

Ronaldu 14 ta gol bilan Saudiya ligasining 2022/2023 yilgi mavsumdagi to‘purarlar ro‘yxatida beshinchi o‘rinni egalladi. Portugaliyalik eng yaxshi snayperdan 7 ta gol ortda qoldi. Shu bilan birga Krishtianu 30ta o‘yindan atigi 16tasini o‘tkazdi.Keyingi chempionatda Ronaldudan to‘purar unvonini kutamiz.

“An-Nasr”ning natijasiga kelsak, bu yerda taxmin qilish qiyin, chunki futbol individual emas, jamoaviy o‘yin. Va shunga qaramay, Ronalduning golli harakatlari jamoaning besh yil ichida birinchi liga chempionligini qo‘lga kiritish imkoniyatini sezilarli darajada oshirishi mumkin.

Kiritildi: 16:12, 30.06.2023.
O'qildi: 8162 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.