Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Luka Chermel: “Davralar oralig‘idagi tanaffusga peshqadam sifatida chiqib ketmoqchimiz”

Luka Chermel: “Davralar oralig‘idagi tanaffusga peshqadam sifatida chiqib ketmoqchimiz”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining qoldirilgan 8-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Buxoro” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning serbiyalik 27 yoshli tajribali himoyachisi Luka Chermel bo‘lajak o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Garchi bo‘lajak raqibimiz “Buxoro” turnir jadvalining 13-pog‘onasidan joy olib turgan bo‘lsada, har qanday raqibga hurmat bilan yondoshish zarur. Boisi, Superliganing joriy mavsum bahslari bu yil oson o‘yinlar bo‘lmasligini isbotlamoqda. Bo‘lajak bellashuv ham bundan mustasno bo‘lmaydi, albatta.

Umuman olganda, “Navbahor”ga qarshi barcha jamoalar o‘zgacha ishtiyoqda maydonga tushadi va safargi raqib - “Buxoro” ham jamoamizga munosib qarshilik ko‘rsatishga intiladi. 

Shunday bo‘lsada, birinchi davraning so‘nggi o‘yinida maydonga g‘alaba ishtiyoqida tushib, buni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.

Boisi, davralar oralig‘idagi  tanaffusga peshqadam sifatida chiqib ketmoqchimiz va mazkur imkoniyat o‘z qo‘limizda. Buning uchun esa buxoroliklarni mag‘lubiyatga uchratishimiz lozim.

Shunda muxlislarimiz ham stadiondan uylariga yaxshi kayfiyatda qaytishadi.    

Ishqibozlardan esa jamoamizni bevosita stadionda munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab, g‘alabamizga madadkor bo‘lishlarini so‘rab qolaman.

“Navbahor” joriy mavsumda o‘zi qatnashadigan barcha musobaqalarda zafar quchishni maqsad qilgan.   

Buni amalga oshirish uchun biz – futbolchilar qo‘ldan kelganicha harakat qilamiz.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 09:21, 01.07.2023.
O'qildi: 1268 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.