Menxengladbaxning "Borussiya" klubi sobiq hujumchisi Markus Tyuram "Inter"ga o‘tdi. Bu haqda Milan klubi rasmiy saytida ma’lum qildi.
25 yoshli hujumchi 2019 yildan buyon "Borussiya" jamoasida o‘ynab kelayotgan. Bu vaqt ichida u barcha musobaqalarda 134 ta uchrashuvda ishtirok etib, 44 ta gol urdi va 29 ta golli uzatma muallifiga aylandi. U nemis klubini tekinga tark etdi. Fransiyalik futbolchining transfer narxi 32 million yevroga baholanmoqda.
O‘tgan mavsum yakuniga ko‘ra, "Borussiya" (M) Germaniya chempionati turnir jadvalida o‘ninchi o‘rinni egalladi. "Inter" A Seriyada uchinchi o‘rinni egalladi.