Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 0-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-0 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Timur Kapadze: "Yoshlar termasidagi futbolchilarni ham “Olimpik”ga jalb qilamiz"

Timur Kapadze: "Yoshlar termasidagi futbolchilarni ham “Olimpik”ga jalb qilamiz"

Baho:
+ | -

Superliga 8-turidan o‘rin olgan “Olimpik” – “Surxon” (1:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘z fikrlarin bildirib o‘tdi.

“G‘alaba qozonayotgan edik, ammo yakunda durang bo‘ldi. Qayerdandir biroz g‘alati tarzda gol kiritildi. Bu vaziyatda Nimelining ayyorligi ham bor. U birinchi davrada ajoyib o‘ynadi. Silvanusni yaxshi qo‘riqlashga harakat qildik va faqatgina o‘sha vaziyatda uni ko‘zdan qochirdik. Ikkala jamoa ham yaxshi harakat qildi. Bugun juda ham issiq bo‘ldi va havo yetishmadi. Shunga qaramasdan, ikkala jamoa ham oxirigacha kurashdi.

Birinchi davrani durang bilan yakunladik, albatta, kamchiliklar ko‘zga tashlandi va ularni ko‘rib chiqamiz. O‘ylaymanki, mavsumning dastlabki yarmida yo‘qotilgan ochkolarning o‘rnini ikkinchi davrada to‘ldira olamiz.

Jaloliddinov ikkinchi turda qizil kartochka olgan edi va undan to‘g‘ri xulosa chiqardi. To‘g‘ri, sariq kartochkalari yig‘ilib qolgani sabab bir uchrashuvni o‘tkazib ham yubordi. Futbol – emosiyalarga boy o‘yin sanaladi. Maydondagi harorat yuqori. Shunga qaramasdan, futbolchi o‘zini bosib harakat qilishi kerak.

“Surxon” asosan longbollar bilan harakat qiladi. Ikkita uzatmadan so‘ng uchinchisi uzoq masofaga uzatiladi. Biz ularning so‘nggi uchta bahsini tahlil qilib chiqqan edik. Bugun ham shunday o‘ynashga intilishdi.

Jo‘raqo‘ziyevda jarohat bor. Mushaklaridagi og‘riq bugun ham unga o‘ynashga imkon bermadi. Zaxira o‘rindig‘imiz u qadar keng emas. Jiyanovning o‘rni ham so‘nggi ikki bellashuvda yaqqol sezildi. Shu sabab, jarohati bo‘lsada, Otabekni boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirdik. Ikkinchi taymda esa uning o‘rnini G‘iyosov egalladi va u ham yomon harakat qilmadi. Oldingi chiziqda yaxshi ijrochilarimiz bo‘lganida, ikkinchi bo‘limda yanada yaxshi harakat qilsak bo‘lardi.

Mavsum avvalida yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgani sabab ushbu jamoadan futbolchilarni tarkibga jalb qila olmadik. Ularning o‘rniga boshqa jamoalardan futbolchilarni o‘z safimizga qo‘shib oldik. Bu orada kimdadir o‘sish bo‘ldi, kimdadir buning aksi. Albatta, yoshlar terma jamoasidagi futbolchilardan o‘z klubida yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotganlarini tarkibga jalb qilib, jamoani kuchaytiramiz”, – dedi Kapadze.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 00:05, 03.07.2023.
O'qildi: 1094 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик