“Manchester Siti” hujumchisi Liam Delap mavsumni “Xall”da o‘tkazadi, deya xabar beradi klub rasmiy sayti.
20 yoshli ingliz futbolchisi bilan tuzilgan ijara shartnomasi 2023/24 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.
Delap o‘tgan mavsumda "Stok Siti" va "Preston Nort End" klublarida o‘ynagan. Umuman olganda, u liganing 37 uchrashuvida 4 ta gol urdi.