"Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen jamoasi joylashgan Neapol shahri haqida gapirdi.
“A Seriyadagi chempionlik mening professional faoliyatimdagi ilk sovrinimdir. Menga g‘alaba qozonish yoqdi va yangi mavsumni kuta olmayman. Men hech qachon Neapoldan ko‘ra aqldan ozgan futbol shahrini ko‘rmaganman. Bu men uchun eng yaxshi joy", - deya nigeriyalik to‘purarning so‘zlarini keltiradi Soccernet.
24 yoshli afrikalik futbolchi o‘tgan mavsumda Italiya chempionatida 32 o‘yin o‘tkazib, 26 gol va 4 golga assistentlik qilgan.