"Barselona" prezidenti Joan Laporta "Fenerbaxche" yulduzi Arda Gyuler haqida fikr bildirdi. U shunday deydi:
"Biz Gyuler borasida "Fenxerbaxche" bilan gaplashganimiz rost. Top-klublar u bilan qiziqmoqda. Negaki, u ajoyib futbolchi. Bizning skautlarimiz anchadan beri uni kuzatmoqda. Kelajakda vaziyatni nazorat qilishga harakat qilamiz".
Oldinroq "Real" Arda Gyulerga qiziqmagani haqida xabar qilingan edi.