Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

“Leypsig”ning qimmat xaridlari haqida bilasizmi?

“Leypsig”ning qimmat xaridlari haqida bilasizmi?

Baho:
+ | -

Kecha Dominik Soboslai rasman "Liverpul" futbolchisiga aylandi. “RB Leypsig” ushbu transfer uchun 70 million yevro oladi, bu esa sotuvlar bo‘yicha klub rekordidir. Futbolchining shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Soboslai 2021 yilning qishida "Red Bull" tizimidagi yana bir klub - "Zalsburg"dan "Leypsig"ga ko‘chib o‘tgandi. Bundesligada 2 mavsum davomida u 63 ta o‘yin o‘tkazib, 12+16 natija qayd etgan. Shuningdek, vengriyalik yarim himoyachi o‘z jamoasi bilan ikki marta Germaniya kubogini qo‘lga kiritdi (shu yil finalda "Ayntraxt"ga qarshi o‘yinda u "Leypsig"ning ikkinchi golini urgan edi). Quyida "buqalar"ning boshqa e’tiborga molik xaridlari haqida biroz to‘xtalamiz.

Dayo Upamekano "Bavariya"ga 42,5 million yevro evaziga o‘tdi

2017 yilning qishida fransiyalik himoyachi 4 yildan so‘ng Soboslai yo‘lidan ketib, "Zalsburg"dan "Leypsig"ga o‘tgan edi. 4,5 mavsum davomida Upamekano "buqalar" himoyasi markazidagi eng muhim futbolchiga aylandi. 2021 yilning yozida Upamekano "Bavariya"ga o‘tdi.

Timo Verner 53 million yevro evaziga "Chelsi"ga o‘tdi

2016 yilning yozida Bundesligaga endigina kirgan “Leypsig” quyi ligaga tushib qolgan “Shtutgart”dan Timo Vernerni xarid qilib, hujumini kuchaytirdi. "Buqalar" forvard uchun 22 million yevro to‘lashdi. 4 yil davomida Verner 90 ta gol urib, klubning eng yaxshi to‘purariga aylandi. 2020 yilning yozida "Chelsi" Timoni o‘z safiga qo‘shib oldi, ammo uning Angliyadagi faoliyati unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmadi. 2 yildan so‘ng Timo sobiq klubiga qaytdi.

Nabi Keyta 60 million yevro evaziga "Liverpul"ga o‘tdi

2016/17 yilgi mavsum oldidan gvineyalik yarim himoyachi "Leypsig"ga ko‘chib o‘tdi. Qayerdan? To‘g‘ri, bu safar ham asosiy ta’minotchi "Zalsburg" bo‘ldi. Bundesligada Keyta ikki mavsum o‘tkazdi, shundan so‘ng 2018 yilning yozida u "Liverpul"ga o‘tdi va u yerda dastlabki 2 mavsumida Chempionlar Ligasi va Premyer-ligada g‘olib chiqdi. Mavsum oralig‘ida Keyta "Verder" bilan shartnoma imzolab, Bundesligaga qaytdi.

Kristofer Nkunku "Chelsi"ga 60 million yevro evaziga o‘tdi

2019 yilning yozida fransiyalik hujumchi "PSJ"dan 13 million yevro evaziga “RB Leypsig”ga o‘tdi. "Buqalar" safida o‘tgan 4 mavsumdan so‘nggi ikkitasi Nkunku uchun eng muvaffaqiyatli bo‘ldi: Bundesliganing 59 o‘yinida u 36 ta gol urdi va 17 ta aniq pas berdi. Bundan tashqari, Nkunku "Leypsig" bilan ikki marta Germaniya kubogini qo‘lga kiritdi - har bir finalda u gol urdi. Nkunku kelasi mavsumni “Chelsi” safida boshlaydi.

"Leypsig"ning eng qimmat sotuvlar bo‘yicha rekordi ushbu transfer oynasida allaqachon yangilanishi mumkin: Yoshko Gvardiolning "Man Siti"ga o‘tishi borasida muzokaralar olib borilmoqda. "Buqalar" xorvatiyalik himoyachi uchun 100 million yevro talab qilmoqda.

Kiritildi: 23:19, 03.07.2023.
O'qildi: 2460 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.