Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Mavsumning dastlabki yarmida «Andijon» qanday natijalarni qayd etdi?

Mavsumning dastlabki yarmida «Andijon» qanday natijalarni qayd etdi?

Baho:
+ | -

“Andijon” jamoasining birinchi davra yakunlari bo‘yicha statistik raqamlarini e’tiboringizga havola qilishda davom etamiz. Bu safar qayd etilgan hisoblarga alohida to‘xtalib o‘tamiz.

Xabaringiz bor, jamoa chempionatdagi ortda qolgan 13 ta uchrashuvda 6 g‘alaba 1 durang va 6 mag‘lubiyat qayd etdi. Raqiblar darvozasiga 15 ta gol urdi va o‘z darvozasidan 13 ta gol o‘tkazdi. To‘plagan ochkolari soni 19 tani tashkil qilmoqda (barchasi Superliga doirasida).

“Burgutlar” ishtirokidagi o‘yinlarda kamida bittadan gol urilgan. Bu albatta Superliga bahslarida yuz bergan. O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichida esa “Olimpik”ga qarshi bahsda hisob ochilmagan. “Andijon”ning eng yirik g‘alabasi 7-turda “Metallurg” bilan bahsga to‘g‘ri keldi. O‘shanda raqib 5:0 hisobida tor-mor keltirildi. Eng yirik mag‘lubiyati esa 3-tur doirasida “Bunyodkor”ga qarshi uchrashuvda yuz bergan bo‘lib, o‘shanda 0:3 hisobida imkoniyat boy berilgan.

Aslida esa “Burgutlar”ning eng yirik g‘alabasi 6:0 natijasini tashkil etadi. Boisi, O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichining 3-turida “Olimpiya” ana shunday hisobda taslim etilgan. Yuqorida esa Superliga doirasidagi o‘yin nazarda tutilganligini qo‘shimcha qilib o‘tmoqchimiz.

Birinchi davra davomida “Andijon” ishtirokidagi uchrashuvlarda 1:0 eng ko‘p hisob sifatida qayd etilgan – 6 marta. 2:1 – 3 marta, 2:0 – 2 marta, 0:0, 1:1, 3:0, 5:0 va 6:0 hisoblari – 1 martadan kuzatilgan.

Yana bir gap: “Andijon” klubi Superlida qo‘lga kiritilgan g‘alabalarining yarmini safarda uddalagan. “Nasaf”, “Olimpik” va “Buxoro” jamoalari bir xil – 0:1 hisoblarida taslim qilindi. Qolaversa, Toshkentda “Paxtakor” bilan 1:1 natijasida durang o‘ynaldi. Ko‘rib turganingizdek, mehmonda 10 ochko ishlab olindi. Qolgan 3 ta bahs esa “Andijon”ning nominal mezbon sifatida o‘tkazilgan Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida qo‘lga kiritilgan.

Agar Kubokdagi o‘yinlarni ham qo‘shib hisoblaydigan bo‘lsak, “Andijon” mavsumning birinchi yarmida 16 ta o‘yin o‘tkazib, 7 g‘alaba, 2 durang va 7 mag‘lubiyat qayd etgani oydinlashadi. Shunda umumiy urgan gollar 21 tani, o‘tkazib yuborilganlari esa 14 tani tashkil qiladi.  

Superligadagi natijalari:

1-tur. “Nasaf” – “Andijon” – 0:1
2-tur. “Surxon” – “Andijon” – 1:0
3-tur. “Andijon” – “Bunyodkor” – 0:3
4-tur. “Olimpik” – “Andijon” – 0:1
5-tur. “Andijon” – “Neftchi” – 0:2
6-tur. “Navbahor” – “Andijon” – 1:0
7-tur. “Andijon” – “Metallurg” – 5:0
8-tur. “Paxtakor” – “Andijon” – 1:1
9-tur. “Andijon” – “So‘g‘diyona” – 1:2
10-tur. OKMK – “Andijon” – 2:1
11-tur. “Andijon” – “Qizilqum” – 2:0
12-tur. “Andijon” – “Turon” – 2:1
13-tur. “Buxoro” – “Andijon” – 0:1

O‘zbekiston Kubogi. Guruh bosqichi.

1-tur. “Andijon” – “Olimpik” – 0:0
2-tur. “Navbahor” – “Andijon” – 1:0
3-tur. “Andijon” – “Olimpiya” – 6:0

"Andijon" matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 11:00, 04.07.2023.
O'qildi: 1363 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.