"Chelsi" "Lion" yarim himoyachisi Rayan Sherkiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Bobbi Vinsent xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, London klubi 19 yoshli fransiyalik futbolchini qo‘lga kiritishga jiddiy yondashmoqda, chunki "ko‘klar" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "Manchester Yunayted"ga ketgan Meyson Mauntning o‘rniga o‘rinbosar qidirmoqda.
Sherkining "Lion" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali yosh fransiyalik futbolchini 30 million yevroga baholamoqda.
Hujumkor yarim himoyachi o‘tgan mavsumda "Lion" tarkibida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Avvalroq, "Real" ham Sherkini kuzatib borayotgani haqida xabar berilgandi.