Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka 2-1 Real Madrid
04/04 21:00 Verona 0-1 Fiorentina
04/04 21:30 Betis 0-0 Espanyol
04/04 23:45 Lasio 1-1 Parma
05/04 00:00 Atletiko 1-2 Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna
06/04 15:30 Udineze - Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

Birinchi davra statistikasi: «Navbahor»ning mavsum yarmidagi o‘yinlari natijalari qanday?

Birinchi davra statistikasi: «Navbahor»ning mavsum yarmidagi o‘yinlari natijalari qanday?

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, ayni paytda milliy chempionatimizda davralar oralig‘idagi tanaffus payti yuzaga keldi. Shu bois, an’anaga muvofiq, siz aziz muxlislarni “Navbahor”ning birinchi davraga oid statistik raqamlari bilan tanishtirishni lozim deb topdik.

Superliganing ortda qolgan 13 ta uchrashuvida «Navbahor» 9 ta g‘alaba,  2 ta durang va 2 ta mag‘lubiyatni qayd etdi. Raqiblar darvozasiga 23 ta gol urgan holda, o‘z darvozasidan 6 ta to‘p o‘tkazib yubordi va bu Superligadagi eng yaxshi ko‘rsatkichdir.

“Lochinlar”dan tashqari, OKMK  jamoasi futbolchilari ham raqiblar darvozasiga 23 ta gol urishgan, ammo o‘z darvozalaridan 17 ta to‘p o‘tkazib yuborishgan.

Ta’kidlash joizki, “Navbahor” birinchi davra bahslarida o‘z darvozasidan eng kam to‘p o‘tkazib yuborgan va eng yaxshi himoyaga ega jamoa bo‘ldi.

O‘z o‘rnida Samvel Babayan shogirdlarining o‘tkazilgan 13 ta o‘yindan 9 tasida o‘z darvozalaridan to‘p o‘tkazib yuborishmaganini ham aytish lozim.

Albatta, bunday ijobiy natijani qayd etishda “Navbahor”ning tajribali darvozaboni hamda sardori O‘tkir Yusupov bilan birga himoyachilarning ham munosib hissalari bor.

Yana shuni ham ta’kidlash joizki, «Navbahor» birinchi davrada o‘z maydonida bo‘lib o‘tgan barcha 7 ta bellashuvda ham g‘alaba qozonib, Namanganda yuz foizlik natijani qayd etdi.

Shuningdek, “lochinlar” 13 ta o‘yindan 4 tasida yirik hisobda g‘alaba qozonishgani,  ulardan 3 tasida esa darvozalari daxlsizligini saqlab qolishganini ham aytish lozim.   

Jamoa 13 ta bahsda raqiblar darvozasiga 23 ta gol urishdi. Bu esa har bir o‘yinga 1,8 tadan gol to‘g‘ri keladi, degani.     

“Navbahor” birinchi davra bahslarida jami 29 ochko to‘plagan holda (74, 4 foizlik natija), davralar oralig‘idagi tanaffusga peshqadam sifatida chiqib ketdi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 21:29, 04.07.2023.
O'qildi: 1528 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик