Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Cherchesov Saudiyadan tushgan taklifga rad javob berganini tan oldi

Cherchesov Saudiyadan tushgan taklifga rad javob berganini tan oldi

Baho:
+ | -

Stanislav Cherchesov Saudiya Arabistoni taklifini rad etganini aytdi.

- Saudiya Arabistonida sodir bo‘layotgan voqealarga, bu jazavali transferlarga qanday qaraysiz?

- Biz buni allaqachon boshdan kechirganmiz: Yaponiya, Xitoy, Qatarda futbol "bum"i paydo bo‘ldi. Hozir Saudiya Arabistonida. Har qanday sportni faqat yulduzlar ommalashtirishi mumkin, shuning uchun butun sayyorada kuzatib boradigan o‘yinchilar taklif etiladi. To‘g‘ri, men u yerda qanday stadionlar va tomoshabinlar borligini bilmayman.

- Saudiya Arabistonidan sizga qiziqish borligi haqida ma’lumotlar bor edi. Haqiqtadan ham shundaymi?

- Agar imkon bersangiz, davomi bo‘lishi mumkin. Tom ma’noda yakshanba kuni ular qo‘ng‘iroq qilishdi va so‘rashdi, lekin men har doim "Ferensvarosh"ning bosh murabbiyi ekanligim haqida javob beraman, bu yerda menda aniq vazifalar va maqsadlarim bor" - dedi Rossiya terma jamoasining sobiq murabbiyi.

Cherchesov 2021 yilning dekabridan beri "Ferensvarosh"ga ustozlik qilib keladi. 59 yoshli mutaxassis jamoa bilan birgalikda ikki marta Vengriya chempioni bo‘lgan va bir marta Vengriya kubogini qo‘lga kiritgan.

 

 

Kiritildi: 21:52, 04.07.2023.
O'qildi: 1038 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик