Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Javohir Ilyosov: «Mavsumni yomon boshlagan bo‘lsak-da, birinchi davrani yaxshi notada yakunladik»

Javohir Ilyosov: «Mavsumni yomon boshlagan bo‘lsak-da, birinchi davrani yaxshi notada yakunladik»

Baho:
+ | -

"Qizilqum" klubi darvozaboni Javohir Ilyosov birinchi davra haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Albatta, birinchi davra biz xohlagan darajada boshlandi, deya olmayman. Shunga qaramay mavsumning birinchi qismini yaxshi notada yakunladik, deb o‘ylayman. Endi ikkinchi davrada mana shu yo‘qotilgan ochkolar o‘rnini to‘ldirishga harakat qilamiz. Uchrashuvlarda faqat va faqat g‘alaba uchun harakat qilamiz.

Undan tashqari yana bir narsani aytishim kerak, birinchi davrada jamoamiz mag‘lubiyatga uchraydimi, boshqa bir holat bo‘ladimi rahbariyatimiz bizni qo‘llab-quvvatlashdan to‘xtamadi va buning uchun ularga o‘z minatdorchiligimizni bildiraman.  Stadion xodimidan tortib, jamoamiz rahbarigacha barchasi biz uchun qulay sharoit yaratib berish uchun xarakatdan to‘xtashgani yo‘q.

— Siz birinchi davrada nimalarni kutgandingizu aslida nimalar bo‘ldi?
— Biz boshida yosh tarkib bilan mavsum davomida qiyin bo‘lishini bilgandik. Har bir uchrashuvda stabil o‘yin ko‘rsatish qiyinligini ham bilardik. Hamma o‘z imkoniyatidan kelib chiqib xarakat qildi. Aytib o‘tganimdek, boshida ko‘p narsa o‘xshamadi, lekin davra so‘nggini yaxshi ko‘rinishda yakunladik.

Manba: https://t.me/PFC_Qizilqum
Kiritildi: 10:47, 05.07.2023.
O'qildi: 1213 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик