Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

Kechaning eng muhim transfer yangiliklari

Kechaning eng muhim transfer yangiliklari

Baho:
+ | -

Biz yozgi transfer oynasini faol kuzatishda davom etamiz. Har kuni yangiliklar cheksiz oqim bilan yog‘moqda. Siz uchun 4 iyul uchun eng muhim xabarlarni havola qilamiz.

Jerrard Saudiya Arabistoniga eski do‘stini chaqiradi

Ma’lumki, Stiven “Al-Ittifoq”ni boshqaradi. Va jurnalist Ben Jeykobsning so‘zlariga ko‘ra, u tezda birinchi transfer maqsadiga qaror qildi. Jerrard o‘z jamoasida bir paytlar "Liverpul"da birga o‘ynagan, keyinroq "Aston Villa"da murabbiylik qilgan Filippe Koutinoni ko‘rmoqchi. 31 yoshli yarim himoyachi Birmingemda yaxshi ishlamayapti: o‘tgan mavsumda u 1000 daqiqa ham o‘ynamadi va faqat bitta gol urdi. Demak, saudiyaliklar va Jerrard braziliyalikni uzoq vaqt ko‘ndirishlari kerak emas.

"Manchester Yunayted" Chempionlar ligasi finalchisi uchun taklif bilan chiqdi

Gap u bilan “Ayaks”da ishlagan jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xag Angliyada ko‘rishni juda istaydigan darvozabon Andre Onana haqida ketmoqda. Hozir 27 yoshli futbolchi "Inter"da o‘ynamoqda, ammo yaqin kelajakda u ketishi va David de Xea o‘rniga o‘tishi mumkin. Ispaniyalik futbolchining "Yunayted" bilan shartnomasi muddati tugadi, yangi shartnoma shartlari haligacha kelishib olinmagan.

Jurnalist Alfredo Pedullaning so‘zlariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" "Inter"ga Onana bo‘yicha birinchi taklifini yuborgan - 40 million yevro va bonuslar sifatida 5 million yevro. Milan klubini bu holat qanoatlantirmaydi: italiyaliklar hali ham 50 million yevro va bonuslar 10 million yevroni talab qilishmoqda.

"Barselona" Ispaniya terma jamoasi himoyachisi bilan shartnoma imzoladi

Hali rasman emas, lekin aniq dalillar mavjud. Inigo Martinesning "Barsa"ga o‘tishi haqida anchadan beri gapirilgan edi, ammo hozir bu haqiqatan ham haqiqatga o‘xshab ko‘rinkoqda, chunki futbolchi Kataloniya klubi uchun fotosessiyada ishtirok etgan.

"Barsa" Martinesni tekinga oladi. 32 yoshli himoyachining 2018 yildan buyon o‘ynagan Bilbaoning "Atletik" klubi bilan shartnomasi nihoyasiga yetdi. Aytgancha, bungacha Inigo boshqa bask jamoasi – “Real Sosedad” safida o‘ynagan.

Mbappening “PSJ” bilan muzokaralari to‘xtab qoldi

L'Equipe nashrining yozishicha, Parij klubi Kilian bilan shartnomani mavsumga uzaytirish variantini faollashtirish borasida muzokaralar olib borgan. Amaldagi shartnoma 2024 yilgacha mo‘ljallangan, "PSJ" esa uni 2025 yilgacha uzaytirmoqchi. Ko‘rinib turibdiki, 24 yoshli hujumchi yo prinsipial jihatdan "Real"ga o‘tmagan yoki hech bo‘lmaganda tekinga ketmaydi.

Ammo Mbappening o‘z qarashlari bor. Muzokaralar to‘xtab qoldi va Kilian faqat "Real Madrid" haqida o‘ylayotganga o‘xshaydi. Demak, Madridga ko‘chib o‘tish qachon amalga oshishini ko‘rish kerak shu yoz yoki keyingi yoz. Yoki hatto qishda ham? Yangilik kutamiz.

Maunt "Chelsi" bilan xayrlashdi

Agar klub muxlislari Meyson hali ham shartnomani uzaytirishiga umid qilgan bo‘lsa, endi umid puchga chiqdi. Chunki "Chelsi" bitiruvchisi xayrlashuv videomurojaatini e’lon qildi.

“Salom “Chelsi” muxlislari. So‘nggi olti oydagi barcha mish-mishlarni hisobga olsak, bu sizni ajablantirmaydi. Biroq, bularning barchasiga qaramay, sizga “Chelsi”ni tark etayotganimni aytish oson emas. Ishonamanki, siz yozma bayonotdan ko‘ra ko‘proq narsaga loyiqsiz. Shunday qilib, men sizga 18 yil davomida barcha qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun qanchalik minnatdor ekanligimni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytishga qaror qildim. Bilaman, sizlardan ba’zilaringiz mening qarorimdan mamnun bo‘lmaysiz, ammo bu faoliyatimning ushbu bosqichida men uchun eng to‘g‘ri qadam deb hisoblayman”

"Inter" Lukaku uchun taklif tayyorlab qo‘ygan

La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, milan klubi yaqin kunlarda Londonga rasmiy taklif yuboradi. 30 yoshli hujumchi uchun 30 million yevro bermoqchi italiyaliklar. Shuningdek, tomonlar shu hafta videokonferensiya orqali muzokaralarning yangi bosqichini o‘tkazishi kutilmoqda. Agar e’lon qilingan summa sizni hayratda qoldirmasa, bir eslatib o‘tamiz: ikki yil avval "Chelsi" Lukakuni "Inter"dan 113 million yevro evaziga qaytarib olgandi.

Kiritildi: 12:40, 05.07.2023.
O'qildi: 5744 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.