"PSJ" murabbiyini almashtirdi: chorshanba kuni rahbariyat Kristof Galtye bilan xayrlashdi va Luis Enrikeni bosh postga tayinladi. Ispaniyalik murabbiy olti yillik tanaffusdan so‘ng klub futboliga qaytmoqda. Uning kelishi klubning navbatdagi qayta tiklanishining boshlanishi bo‘lishi kutilmoqda.
L’Equipe nashrining yozishicha, parijliklar Enrike atrofida uzoq muddatli loyiha qurmoqchi. Leo Messi ketdi, Kilian Mbappe ketish arafasida, Neymar tez-tez jarohat oladi - katta triosiz yangi loyiha qurish kerak.
"Menga bosim yoqadi", dedi ispaniyalik darhol, – bizning maqsadimiz Chempionlar ligasida zafar quchish. Men futbolchi bo‘lganman, “Barselona”da o‘ynaganman, katta klublarni boshqarganman, yulduzlar bilan ishlaganman va futbolchilarning xudbin va aqlli ekanligini ajrata olaman. Agar ularga yordam berish uchun kelganingizni tushunishsa, ular sizni qo‘llab-quvvatlaydilar. Ular uchun sahna tayyorlash kerak - va ular o‘zlarini ko‘rsatadilar. Biz hujumkor futbol ko‘rsatishimiz kerak. Bu mening falsafam. O‘yinchilarga moslashish kerak, mening vazifam ham individual, ham jamoaviy tarzda ulardan maksimal darajada foydalanish.
Enrike yulduzlarni jamoada saqlamaydi va yoshlarga pul tikadi
Ispaniyalik murabbiy klub falsafasini o‘zgartirmoqchi. Murabbiy yulduzlarni ushlab turmaydi va yosh futbolchilarga vaqt berishga tayyor, deydi turli manbalar. Masalan, Enrike Messi, Neymar va Marko Verrattining ketishiga qarshi emasdi – biroq braziliyalik va italiyalik qolishni istaydi. Neymar Enrikening kelishidan ruhlandi. "Barsa"dalik paytidan beri ularda iliq munosabatlar bor, ular allaqachon telefon orqali gaplashib olgan: murabbiy yulduzdan maydonda va undan tashqarida mukammal harakatni talab qiladi. L’Equipe xabariga ko‘ra, bu yerda qattiq shart bor edi: agar u ahmoqona qiliqlarini yana boshlasa, asosiy tarkibdagi joyini boy beradi.
Murabbiy almashishdan ko‘proq Fabian Ruiz zarar ko‘rdi. Marca nashrining xabar berishicha, uning murabbiy bilan uzoq vaqtdan beri mojarosi bor: yarim himoyachi Yevro-2020da o‘ynagan, keyin esa birdaniga terma jamoani tark etgan, bu munosabatni tushunmagan va xafa bo‘lgan. Hech kim janjal haqida ochiq gapirmadi, lekin de la Fuyente terma jamoaga kelishi bilan Ruiz ham darhol qaytdi. Footmercato xabariga ko‘ra, Fabianga "Byornli" qiziqmoqda. RMC Sport xabariga ko‘ra, Enrike allaqachon ketadiganlar ro‘yxatini tuzgan: Karlos Soler, Renatu Sanshesh, Yugo Ekitike, Mauro Ikardi, Leandro Paredes va Ashraf Hakimiy. Marokashlik bilan bu oson bo‘lmasligi mumkin: murabbiy uni yoqtiradi, lekin u tobora janjallarga duchor bo‘lmoqda, bundan tashqari, Ashrafga Mbappening ketish istagi ta’sir qilmoqda, ular yaqin do‘stlar.
Enrike yoshlarga pul tikishga tayyor: masalan, El Shaday Bitshiabu va Uorren Zair-Emerini yoqtiradi.
"PSJ" faol ravishda qayta tiklanmoqda. Allaqachon olti nafar yangi kelgan futbolchi bor.
Transfer oynasi endigina ochildi, ammo parijliklar allaqachon xaridlarni boshlab yuborgan
Endi barcha transferlar murabbiyga bog‘langan, sport maslahatchisi Luish Kampushning klubdagi roli pasaydi - "PSJ" Enrikega to‘liq ishonadi va unga barcha vakolatlarni beradi. Yangi shartnomalar allaqachon Enrike tomonidan muvofiqlashtirilgan, ammo bu bitimlar uchun rasmiy ma’lumotlar yoki Fabrisio Romanoning tasdiqlovi hozircha mavjud emas.
• Yanvar oyida Milan Shkrinyar "Inter"dan "PSJ"ga tekinga o‘tishini aytdi. Slovakiyalik bilan to‘rt yillik shartnoma imzolangan. RMC Sport nashrining yozishicha, himoyachi shu haftada tanishtiriladi.
• Iyun oyida parijliklar Manuel Ugarteni "Sporting"dan 60 mln yevroga sotib olayotgani ma’lum bo‘ldi. Klub urugvaylik himoyachi uchun "Chelsi"ga qarshi kurashda g‘alaba qozondi, buni tez orada futbolchining o‘zi ham tasdiqladi. 3,4 million yevrolik maosh bilan besh yillik shartnomaga kelishib qo‘yilgan.
• 18 yoshli Sher Ndur "Benfika"dan tekinga keldi. Portugaliyalik iqtidor kattalar jamoasida shu paytgacha faqat bitta o‘yin o‘tkazgan.
• Lyuka Ernandes xaridi ham yaqin: RMC Sport jurnalisti Fabris Xokinsning aytishicha, "PSJ" uni "Bavariya"dan 47 million yevroga sotib oladi va himoyachining o‘zi 3+1 ko‘rinishida shartnoma imzolaydi. To‘rt yil oldin u "Atletiko"dan 80 millionga sotib olingandi.
• Marko Asensio "Real Madrid"dagi faoliyatini tugatdi va "PSJ" bilan 2027 yilgacha shartnoma imzoladi. 10 million yevrolik maoshga ega bo‘ladi.
• Li Kang In "Malyorka"dan keladi, rahbariyat uning uchun bonuslarni hisobga olmaganda 22 million yevro to‘lashga tayyor.
Enrike shuningdek, quyidagi futbolchilar bilan shartnoma imzolashga qarshi emas: “Atletiko”dan Joau Feliks, Frankfurtning “Ayntraxt”idan Randal Kolo-Muani, “Selta”dan Gabri Veyga, “Lion”dan Bredli Barkola va Bernardu Silva.
Enrikening chempionlar ligasida g‘alaba uchun kurashadigan jamoa tuzishiga ishonasizmi? Xo‘sh, yana qanday maqsad bo‘lishi mumkin?