Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante 0-0 Atletiko
31/01 22:30 Chelsi 3-2 Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem - Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese - Inter
01/02 22:30 Xetafe - Selta
02/02 00:45 Parma - Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad

Murabbiylar uchun qulay kalit – Maunt o‘yiniga tahlil (statistik yondashuv)

Murabbiylar uchun qulay kalit – Maunt o‘yiniga tahlil (statistik yondashuv)

Baho:
+ | -

APLda yangi mavsum uchun tayyorgarlikni jiddiy boshlagan "Arsenal", "Chelsi", "Liverpul" hamda "Man Siti"ga yetarli raqobat to‘lqinini taqdim etish uchun "MYU" ham plankani baland olgan. Yozning shu paytgacha amalga oshgan eng muhim transferi sifatida Meyson Mauntni misol qilib keltirish mumkin. O‘tgan mavsum "Chelsi" juda ham nostabil o‘yin o‘tkazdi. Jamoada yaqqol ajralib turgan lider yo‘q edi. Biroq Maunt har qachon bo‘lmasin, o‘ziga yuklatilgan vazifani maksimal bajarishga urinib keldi. Uning "Yunayted"da istiqboli katta. Quyida Mauntning alohida jihatlariga to‘xtalib o‘tamiz.

"Chelsi"da o‘tgan mavsum Maunt APL doirasida bor yo‘g‘i 5 ochko jamg‘ardi. Bu undan oldingi yil bilan solishtirganda (21) ancha past ko‘rsatkich hisoblanadi. O‘rtacha har bir o‘yinda 1,6 marta vaziyat yaratgan (o‘tgan yili - 2.2), 1,8 marta zarba bergan (o‘tgan yili - 2,9). Shunday bo‘lishiga qaramay Mauntda to‘p bilan ajoyib muomala qilish ko‘nikmasi pasaymagan. Quyida to‘pga tegishlar ko‘rsatkichi bo‘yicha o‘tgan mavsum hamda undan oldingi mavsumning solishtirma jadvaliga guvoh bo‘lishingiz mumkin.

Frenk Lempard Mauntga ilk imkoniyatni taqdim etgan murabbiy hisoblanadi. Biroq Meysonni ko‘pincha Tuxel davrida ochildi deb aytish mumkin. U nemis mutaxassisining 3-4-2-1 sxemasida "nayzaning uchi" bo‘lib berdi, ya’ni 10 lik vazifasida ancha sermahsul edi. Ba’zida tarkibdan tushib qolgan paytlari ham bo‘ldi. Biroq u o‘zida har doim motivasiya topa olgan. 2020-21 yilgi mavsumda, ya’ni Lempardning so‘nggi 6, Tuxelning esa dastlabki 18 oyi davomida Maunt "aristokratlar"ning eng muhim o‘yinchisiga aylandi. Bu vaqt ichida jamoa YECHL bosh sovrinini qo‘lga kiritdi va Maunt finalda fantastik harakat qildi. Ingliz shuningdek, so‘nggi ikki mavsum davomida ligada vaziyatlar yaratish borasida 5-o‘rinni egalladi (145). Undan oldingi o‘rinlarni KDB, Bruno, Trent hamda Son egallagandi. Maunt jami assistlar bo‘yicha 8-pog‘onadan joy oladi (15), biroq kutilgan uzatmalar soni bo‘yicha kuchli to‘rtlikka kirgan (13,8). Bu borada Xarri Keyn 9,2 kutilayotgan miqdordan 23 ta assist bergan bo‘lsa, Robertson 11,4 ta ko‘ringan imkoniyatni 17 taga ko‘paytira olgan.

Maunt xavfli zarba bilan tugovchi hujumlarni yakunlashda ham APLda 7-o‘rinni band etdi. U shuningdek, eng kamida 3 ming daqiqa vaqt maydonga tushgan futbolchilar orasida peshqadam bo‘lib turibdi. O‘tgan ikki mavsum davomida XG hamda XAda eng yaxshi bo‘lib turgan o‘yinchilar o‘rtacha 0,2 ko‘rsatkichi qayd etgan: KDB, Bruno, Maxrez, Saloh, Grilish, Rafinya, Maunt. Bu vaqt oralig‘ida ligada aynan shu futbolchilar raqiblar uchun katta xavf tug‘dirib keldi. Penaltini chiqarib tashlagan holatdagi vaziyat yaratuvchilar bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Shunga qaramay "Chelsi" yangi xaridlar oldida Meysonni keraksiz deb baholadi.

Buncha yaxshi raqamlari ham uning jamoasiga yordam bera olmagach, endi ketish payti keldi. U o‘tgan mavsum 38 bahsning 20 tasida asosiy tarkibda maydonga tushdi. Biroq u bundan ham ko‘prog‘iga qodir. Ten Xagning 4-3-3 sxemasida ham ingliz o‘zini qulay his qila oladi albatta. 8 lik rolini Eriksendan tortib olishi kutilyapti. Agar murabbiy undan 10 lik vazifasida foydalansa, Maunt Reshford hamda Sancho bilan ajoyib trio hosil qilishi mumkin. Agar jamoaga yangi hujumchi keladigan bo‘lsa, uni xuddi Angliya terma jamoasida bo‘lgani kabi hujumchi ortidagi muvaffaqiyatli rolida ham ko‘rishimiz mumkin.

 

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi 

Manba: Opta
Kiritildi: 15:42, 06.07.2023.
O'qildi: 2572 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.