Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Peres "arqonni uzun tashlab qo‘ygan"

Peres "arqonni uzun tashlab qo‘ygan"

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi “PSJ”dan Kilian Mbappening transferi ustida qizg‘in ishlamoqda.

Jurnalist Ramon Alvares de Montning xabar berishicha, Florentino Peres va "PSJ" hujumchisi birgalikdagi strategiya ishlab chiqishgan, bu esa futbolchining 2023 yilning yozida "Real"ga o‘tishiga imkon beradi. Shu bois, shu kungacha bu borada sodir bo‘lgan hech narsa Madridni hayratda qoldirmadi.

"Real Madrid"da va shaxsan Peresda Mbappening yozgi transferi haqida optimizm kuchaymoqda.

Kilian "Real"ga o‘tishni juda xohlaydi. U hozirgi tarkibga to‘liq mos tushishiga ishonmoqda. Futbolchi o‘tgan yozda "PSJ" bilan shartnomani uzaytirib, xatoga yo‘l qo‘yganini tan oldi.

Mbappe "PSJ"dan sodiqlik bonusining faqat bir qismini olishga tayyor, u butun summani to‘lashni talab qilmaydi.

"PSJ" hujumchi transferi uchun Madriddan oladigan summaning bir qismidan bonusning bir ma’lum ulushini to‘lash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Avvalroq, fransiyalik futbolchi iyul oyi oxirida "PSJ" bilan shartnomani uzaytirsa, 40 million yevro olishi xabar qilingandi. Bu sodiqlik bonusining birinchi qismi bo‘ladi.

Kiritildi: 16:05, 06.07.2023.
O'qildi: 8154 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.