"Lids Yunayted" futbolchisi jamoada qoladi. Xabarlarga ko‘ra, yorkshirliklar himoyachisi Maks Vyober hech qayoqqa ketmoqchi emas. U o‘z kelajagini "Lids"da ko‘rmoqda.
Bundan bosh murabbiy Daniyel Farke xursand bo‘lgan. Unga yangi mavsumda jamoada yetakchilar zarur. Vyober amaldagi bitimini 2025 yilgacha tuzgan.