Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

«Metallurg U-17» «Donosti Cup – 2023» xalqaro turnirida kuchli sakkiz jamoa safidan joy oldi

«Metallurg U-17» «Donosti Cup – 2023» xalqaro turnirida kuchli sakkiz jamoa safidan joy oldi

Baho:
+ | -

Ispaniyaning San Sebastyan shahrida o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida 31-marta o‘tkazilayotgan “Donosti Cup – 2023” xalqaro turnirida ishtirok etgan Bekobodning “Metallurg U-17” jamoasi kuchli sakkiz jamoa safidan o‘rin egalladi. Shuni e’tirof etish kerakki, chorak finalga mazkur yosh toifasida xorijliklardan faqatgina O‘zbekiston jamoasi yo‘llanma oldi!

Bekobodlik yoshlar nimchorak finalda  Ispaniyaning kuchli jamoalaridan biri“Zestora FT U-19” jamoasiga qarshi maydonga chiqib, 2:1 hisobida zafar quchishdi. Gollarni Asror Shamsutdinov hamda Akobir Abdullajonovlar kiritishdi.

 Musobaqa muddati oxirlashib borayotganligi bois tashkilotchilar buguning o‘zida chorak final bahslarini ham o‘tkazishdi. Kunning ikkinchi yarmida hamshaharlarimiz turnirning uch karra chempioni “CFS Team A U19” jamoasiga qarshi maydonga tushishdi. Ispaniyaning grand jamoalari – “Atletiko” (Madrid), “Xetafe” hamda “Rayo Valyekano” yoshlar jamoalari o‘yinchilaridan tashkil topgan Madrid shahri terma jamoasi mahorat va tajriba borasida “Metallurg”dan ustun ekanligini isbotladi. Uchrashuv yoshlarimizdan ikki yosh katta bo‘lgan madridliklar foydasiga yakunlandi – 0:2.

“Donosti Cup – 2023” xalqaro turniridagi ishtirok “Metallurg U-12” hamda “Metallurg U-17” jamoalarimiz uchun katta tajriba maktabi vazifasini o‘tab berdi.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 21:36, 08.07.2023.
O'qildi: 1499 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.