Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK

Luis Suares olamdan o‘tdi

Luis Suares olamdan o‘tdi

Baho:
+ | -

Ispaniyalik afsonaviy futbolchi Luis Suares Miramontes hayotdan ko‘z yumdi. "Oltin to‘p" sovrinini qo‘lga kiritgan sobiq o‘yinchi 88 yoshida bu olamni tark etdi.

Miramontes faoliyati davomida «Deportivo», «Espanya Indastrial», «Barselona», «Inter» va «Sampdoriya» klublarida to‘p tepgan.

U «Barselona» safida ikki martadan Ispaniya chempionati va Ispaniya kubogida g‘olib chiqqan. Luis «Inter» bilan A seriyada 3 marta g‘alaba qozongan. Shuningdek, uning hisobida Yevropa chempionlar kubogi va qit’alararo kubok ham bor edi. Miramontes 1964 yilda Ispaniya terma jamoasi bilan Yevropa chempioniga aylangan.

Suares 1960 yilda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan. U murabbiylik faoliyat davomida «Inter», «Sampdoriya», SPAL, «Komo», «Deportivo», «Albasete», Ispaniya U21 va Ispaniya milliy jamoalarini boshqargan.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 16:24, 09.07.2023.
O'qildi: 11458 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.