Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Mikel Arteta "Arsenal"ga kelganidan beri qaysi klub eng ko‘p pul sarfladi?

Mikel Arteta "Arsenal"ga kelganidan beri qaysi klub eng ko‘p pul sarfladi?

Baho:
+ | -

Mikel Arteta o‘z intervyularidan birida "Arsenal"ni g‘alabalar jamoasiga aylantirishni maqsad qilgani haqida aytgandi. Haqiqatdan ham bu ish o‘tgan mavsumda deyarli amalga oshdi. Ammo muvaffaqiyatli jamoa yaratish uchun ispan mutaxassisiga 3 yil kerak bo‘ldi. Afsuski, "Arsenal" yakunda Angliya chempioni bo‘la olmagan edi.
Mikel Arteta Unai Emeri davridan qolgan kamchiliklarni to‘ldira boshladi. U, eng avvalo yuqori maoshga ega bo‘lgan Mesut O‘zil va Pyer-Emerik Obameyang kabi yulduzlarni tarkibdan o‘chirib tashladi. Ularning o‘rniga jamoa uchun yosh talantlarni xarid qila boshladi.

Masalan, Ben Uayt (50 million funt), "Kay Xavers (62 million funt) va Gabriel Jezuslar (45 million funt) Arteta davrida olingan eng qimmat yulduzlar sanaladi. Arteta bu haqida "iqtidor hech qachon arzon turmaydi" degan edi. MARCA nashri bilan eksklyuziv intervyu davomida to‘pchilar ustozi "Arsenal" o‘z transferlarini o‘ta uzoqni o‘ylagan holda amalga oshirayotganini bildirgandi. Bu borada Arteta shunday deydi:

"Biz allaqachon tarkibda avlodlar almashinuvini yakunladik. Hozirgi futbolchilar yosh va o‘yinga chanqoq. Klub rahbariyati biz bilan hamfikr. Ular ham biz bilan ma’lum vaqt davomida katta sarmoya sarflamay, g‘alabali jamoa tuzishga intilmoqda. Lekin masalaning boshqa tomoni ham bor. Futbol o‘zgarmoqda. Uning talabiga mos ravishda moslashishimiz kerak. Shu sababli, kerakli pozisiyalar uchun bozorda mos nomzodlar qidirmoqdamiz".
"Arsenal" 2021-22 yilgi mavsum davomida UYEFA tomonidan jarima solinishi mumkin bo‘lgan potensial 20 ta klubdan biri edi. Negaki, klub 2020 yilda Yevropadagi eng serharj jamoa sifatida e’tirof etiladi. Bu haqida Arteta shunday degandi: "Harajatlar nimani istayotganingiz va nimani rivojlantirayotganingizga bog‘liq. Ha, biz sarmoya kiritamiz. Ammo uning qaytib kelish tomonlarini ham hisobga olamiz. Masalan, siz sotib olgan 20 yoshlardagi futbolchi yillar davomida jarohatlarsiz qanchagacha qimmatlashi mumkin? Buni aniq aytish qiyin. Lekin arzimagan pul evaziga sotib olinib, 100 millionga sotilayotgan futbolchilarni o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rib turibmizku. Shunday ekan, qo‘rqmasligimiz kerak. Biz doimo pulni rejali sarf qilamiz. Moliyaviy strategiyamiz bor".

Quyida Mikel Arteta davrida APL klublari sarflagan umumiy, sof harajatlari taqdim etiladi.
(Eslatma: ro‘yxatda faqatgina so‘nggi 4 yil ichida APLda qolayotgan 13 jamoa nomi keltirilgan)

1. "Chelsi" – 572.85 million yevro
2. "Manchester Yunayted" – 543.83 million yevro
3. "Tottenxem" – 428.03 million yevro
4. "Arsenal" – 419.51 million yevro
5. "Nyukasl" – 400.02 million yevro
6. "Liverpul" – 297.9 million yevro
7. "Vest Xem" – 280.51 million yevro
8. "Manchester Siti" – 169.93 million yevro
9. "Aston Villa" – 155.42 million yevro
10. "Kristal Pelas" – 129.16 million yevro
11. "Vulverxempton" – 102.18 million yevro
12. "Everton" – 75.15 million yevro
13. "Brayton" – 62.57 million yevro.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 22:06, 09.07.2023.
O'qildi: 2479 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.