Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

«Andijon» Tojikistonda ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshladi

«Andijon» Tojikistonda ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshladi

Baho:
+ | -

Roppa-rosa bir oy oldin “Andijon” Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyati Guliston shahridagi Qayroqqum suv ombori sohili yaqinida joylashgan sport kompleksiga o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish uchun kelgandi. Oradan bir oy o‘tib, 9 iyul kuni jamoa a’zolari yana Tojikistonda! Bu safar davralar oralig‘idagi yozgi yig‘in tayyorgarlik rejasiga binoan “Burgutlar” yana ushbu so‘lim va go‘zal maskanga tashrif buyurdi.

Xabaringiz bor, “Andijon” birinchi davradagi oxirgi o‘yinini 29 iyun kuni Toshkentda “Paxtakor”ga qarshi o‘tkazganini yaxshi bilasiz. Shundan keyin futbolchilar bir necha kunlik ta’tilga chiqdi va bugundan ikkinchi davraga tayyorgarlikka kirishildi.

“Andijon”ning bu yerdagi yozgi yig‘ini 20 iyulga qadar davom etishi rejalashtirilgan. Shu vaqt davomida jamoamiz 3 ta nazorat uchrashuvlarida ishtirok etadi va raqiblar Tojikiston oliy ligasi qatnashchilaridir.

Dastlabki bellashuv 12 iyul kuniga belgilangan. Shu kuni “Esxata” sparring-raqib vazifasini o‘tab beradi. Ikkinchi uchrashuv 16 iyul kuni “Ravshan Kulob” jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi. Ma’lumot uchun, ushbu jamoani o‘z vaqtida  “Andijon” klubida to‘p surib, yorqin o‘yinlari bilan muxlislarning qalbidan joy egallagan Tohir Mo‘minov boshqarib bormoqda. Tojikiston yig‘ini mobaynidagi so‘nggi nazorat uchrashuvi 20 iyulda “Xo‘jand”ga qarshi bo‘lib o‘tadi.

5 iyuldan yurtimizda yozgi transfer oynasi ochilgan va bu 31 iyulga qadar davom etadi. Tabiiyki, tarkib masalasidagi yangiliklar ham ishqibozlarni qiziqtirishi turgan gap.

Nodari Kavtaradze hamda Sardor Azimov jarohati sababli hozircha jamoa bilan birga emaslar. Tojikistonlik legioner futbolchi Axtam Nazarov oilaviy sabablarga ko‘ra (qizi jarrohlik amaliyotini o‘tkazayotgani uchun) ruxsat so‘ragan. Sherzod Esanovni esa “Olimpik” klubiga ijaraga berish bo‘yicha klub rahbarlari o‘rtasida muzokaralar olib borilyapti. Shuningdek, Asilbek Aysarov va Izzat Abdulhaqovga murabbiylar o‘yin amaliyotini oshirish uchun boshqa jamoada o‘zlarini sinab ko‘rishga ruxsat berishgan va hozirda ular “Turon” klubi mashg‘ulotlarida qatnashishmoqda.

Bugun “Andijon” mashg‘ulotiga “Paxtakor” klubi tarbiyalanuvchisi, 20 yoshli iqtidorli hujumchi Abbos Ergashboyev qo‘shildi. Qolaversa, jarohat sababli davolanishda bo‘lgan Vladimir Bubanya hamda Shahboz Erkinov yana jamoa ixtiyoriga qaytdilar. Igor Litovka bilan Levan Arveladze ham yig‘inga qo‘shilishdi. To‘purar hujumchi Rubin Xebay esa 12 iyul kuni qaytadi.

Shu bilan birga bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov mazkur yig‘inga U-21 jamoasidan bir qator iste’dodli futbolchilarni ham jalb qilgan. Jumladan, himoyachi Abdulatif Oybekov, yarim himoyachilar Sardor Karimov, Saidumar Sodiqov, Oyatillo Obidjonov va hujumchi Saidmurod Karimov asosiy tarkib bilan birga shug‘ullanishmoqda.

Bugun birinchi kungi mashg‘ulotlarni murabbiylar ikki qismga bo‘lgan holda o‘tkazdilar. Avvaliga futbolchilar trenajyor zalida astoydil shug‘ullanishgan bo‘lsa, keyin tabiiy maydonda to‘p bilan ishladilar.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 23:07, 09.07.2023.
O'qildi: 1432 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.