Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

"Here we go": Fabrisio Romano qanday qilib futbol insayderiga aylangan?

"Here we go": Fabrisio Romano qanday qilib futbol insayderiga aylangan?

Baho:
+1 | -1

Fabrisio Romano futbol transferlari qiroli sifatida tanilgan. Aynan u birinchi yoki birinchilardan bo‘lib eng yirik bitimlar haqida xabar beradi.

Hozir italiyalik atigi 30 yoshda va u o‘zining ajoyib faoliyatini 18 yoshida boshlagan. Yigit o‘zini ko‘rsatish va bu sohaga kirish uchun imkoniyat qidirayotgan edi.

Fabrisio o‘zining vatani Italiyada ilk qadamlarini Tuttomercatoweb portalida qo‘ydi. U bu saytda yarim yil davomida oddiy futbol materiallarini yozgan, keyin esa birgina telefon qo‘ng‘irog‘i hamma narsani o‘zgartirgan. "Barselona" bilan yaqin aloqada bo‘lgan italyan agenti ichki ma’lumotlarga egaligini va ularni Romano orqali ommaga qilishni istashini aytgan.

Gap ikki futbolchi - Jerar Deulofeu va Mauro Ikardi haqida ketayotgan edi, ular futbol ta’limini La Masiyada olgan. Romano ushbu materialni yozgan va keyinchalik Ikardining "Sampdoriya"dan "Inter"ga o‘tishi haqida eksklyuziv ma’lumot olgan.

Romano SportBible nashriga bergan intervyusida shunday dedi: "Bir agent menga: "Menda ikki futbolchi Deulofeu va Ikardi haqida ichki ma’lumotlar bor va siz yosh jurnalistsiz. Ularni yozib chiqishingiz mumkin", dedi. Men u bilan gaplasha boshladim va bu menga katta yordam berdi, chunki Ikardi Italiyada "Sampdoriya"ga, keyin esa "Inter"ga o‘tganida, men bu haqda allaqachon bilardim. Ikardi haqidagi yangilik faoliyatimdagi birinchi katta xabar bo‘ldi.

"Noyabr oyida agent menga yana qo‘ng‘iroq qilib, "Inter" bilan kelishuvga erishganliklarini va "Sampdoriya" bilan transfer tez orada yopilishini aytdi. U shunday dedi: "Shartnoma deyarli yakuniga yetganini aytish mumkin, futbolchi yanvarda emas, keyingi yozda jamoaga kelib qo‘shiladi".

“Hammasi shunday boshlandi va menga jurnalist roli darhol yoqdi. Transfer bozori o‘rmon. Men har doim aytaman, siz har kuni kutilmagan hodisalar kutasiz va men bu tuyg‘uni yaxshi ko‘raman. Menimcha, bu xuddi Chempionlar ligasi o‘yinida futbol o‘ynashga o‘xshaydi. Agar shunday xabarni yetkazsangiz, xuddi Chempionlar ligasi finalida gol urgandek bo‘lasiz".

Keyinchalik Fabrisio Romano Sky Sport Italia kompaniyasiga ishga o‘tdi va bu unga aloqalar tarmog‘ini yangi darajaga kengaytirishga yordam berdi. Transfer oynasi vaqtida, italiyalikning so‘zlariga ko‘ra, u kuniga atigi besh soat uxlaydi: ertalabki 5 dan 10 gacha.

Romano hozirda transfer yangiliklarining asosiy provayderi hisoblanadi. "Here We Go" podkasti asoschisi Instagram va Twitter'da 34 milliondan ortiq, YouTube'da esa 1,7 million obunachisi bor. 2022 yilda Globe Soccer Awards marosimida italiyalik insayder "Eng yaxshi futbol jurnalisti" deb topildi.

Kiritildi: 23:44, 09.07.2023.
O'qildi: 3555 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.