"Roma" hujumchisi Paulo Dibala Rim klubida qoladimi, degan savolga javob berdi.
“Albatta, “Roma”da bo‘lganimdan xursandman. Men qolamanmi? Ha, ertaga mashg‘ulotlarni boshlaymiz", - deya Dibalaning so‘zlarini keltiradi LaRoma24.
Dibala o‘tgan yozdan beri "Roma"da to‘p tepmoqda. 2022/23 yilgi mavsumda u rimliklar safida 38 ta o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning narxini 30 million yevroga baholamoqda.