"MYU"ning sobiq futbolchisi Gari Pallister Kazemiro haqida gapirdi. Unga ko‘ra, jamoaning yangi sardori Kazemiro bo‘lishi kerak:
"Menimcha, u sardorlarga xos bo‘lgan hamma narsaga ega. Kazemiro jamoaga g‘alaba mentalitetini olib kelgandi. Sardor bo‘lish uchun futbolchida jangchilik xususiyati bo‘lishi kerak. Brunu Fernandeshni bu narsa borligiga shubham bor".