Stiven Jerrard yaqinda Saudiyaning "Al-Ittifoq" klubiga murabbiy bo‘ldi. Sobiq futbolchi Krishtianu Ronaldu to‘p tepadigan Saudiya chempionati dunyodagi eng yaxshi chempionatlardan biriga aylanib borayotganini aytdi.
- Saudiya chempionati dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylanishi mumkin. Men bunga shubha qilmayman. Bu yerda hamma nihoyatda intiluvchan, hamma turnirni o‘sishini va rivojlanishini xohlaydi. Bu yerda o‘zimni darhol uydagidek his qildim", - deydi Jerrard.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oxirida Jerrard Angliyaning “Aston Villa” klubidan haydalgan edi.