Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Bobur Abduxoliqov gol urgan o‘yinda «Ordabasi» yirik hisobda g‘alaba qozondi (video)

Bobur Abduxoliqov gol urgan o‘yinda «Ordabasi» yirik hisobda g‘alaba qozondi (video)

Baho:
+ | -

Chimkent shahrining «Ordabasi» klubi yevrokuboklarning saralash bosqichida ishtirok etishi bois, Qozog‘iston chempionatining 17-turidan o‘rin olgan "Okjetpes"ga qarshi o‘yinni ertaroq o‘tkazdi.

Unda chimkentliklar yirik hisobda g‘alaba qozonishdi. Uchrashuvdagi hisobni Bobur Abduxoliqov 14-daqiqa ochdi. U jarima maydoni ichida to‘pni darvozaga teskari turgan holda qabul qilganiga qaramay, darvoza tomon aniq zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. O‘zbekistonlik forvard uchun mazkur gol Qozog‘iston chempionatidagi oltinchisi bo‘ldi.

O‘yining 36-daqiqasida mehmonlar hisobdagi farqni 2 taga oshirishgan bo‘lsa, ular ikkinchi bo‘limda 2 ta penaltini golga aylantirib, hisobni 0:4 ko‘rinishga keltirishdi.

Mazkur o‘yinda Bobur Abduxoliqov to‘liq harakat qilgan bo‘lsa, Shahboz Umarov zaxirada qoldirildi. Ushbu g‘alabadan keyin «Ordabasi» o‘z ochkolarini 38 taga yetkazib, "Astana" bilan birgalikda jadvalda qo‘shpeshqadamlikni yuzaga keltirdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:23, 11.07.2023.
O'qildi: 2090 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик