Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 00:00 Portugaliya 0-0 Sloveniya
02/07 06:00 AQSh 0-1 Urugvay
02/07 06:00 Boliviya 1-3 Panama
02/07 21:00 Ruminiya 0-3 Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya 1-2 Turkiya
03/07 06:00 Braziliya 1-1 Kolumbiya
03/07 06:00 Kosta-Rika 2-1 Paragvay

Folchi Ronaldu: Krishtianuning 2015 yilda ayrim futbolchilar haqida aytgan bashorati qanchalik o‘zini oqladi?

Folchi Ronaldu: Krishtianuning 2015 yilda ayrim futbolchilar haqida aytgan bashorati qanchalik o‘zini oqladi?

Baho:
+-1 | -

Krishtianu Ronaldu 2015 yilning noyabrida ayrim yosh futbolchilar kelajakda futbol dunyosini larzaga solishini taxmin qiladi. Kutilmaganda, biz o‘sha bashoratning ro‘yobini ko‘rdik. Ha, siz ham balki o‘sha paytda Ronaldu tanovlarini yoqlagan bo‘lardingiz. Ammo haqiqatdan ham o‘sha futbolchilar faoliyatida katta muvaffaqiyatlarga erisha oldi. Quyida shu haqida so‘z boradi.

Eden Azar

Ha, Ronaldu Azarni maqtagan paytida allaqachon u APL chempioniga aylangandi. Ammo shundan keyin ham belgiyalik ancha o‘sdi. Azar keyingi to‘rt yil mobaynida fantastik daraja namoyish etgan edi. Xususan, u 2017 yilgi Angliya chempionligida muhim rol o‘ynadi. 2018 yilgi Angliya kubogida g‘alaba goliga mualliflik qildi. 2018-19 yilgi Yevropa ligasi finalida ham Azar Maurisio Sarri jamoasini yetakchisi edi. Ana shunday daraja "Real"ni Azar uchun 2019 yilda 100 million yevro to‘lashga majbur etgandi. Yarim himoyachi Ispaniyada Angliyadagi Azarning faqatgina soyasiga aylandi-qoldi. U yaqindagina "qirollik klubi"ni tark etgandi.

Neymar

Yana bir o‘zini oqlagan "xavfsiz" taxminlardan biri. Neymar Ronaldu tomonidan maqtalganidan avvalroq La-liga va YECHLda g‘olib bo‘lishga ulgurgandi. Neymar Messi soyasida harakat qilishdan charchab, 2017 yilda 200 million funt evaziga "PSJ"ga o‘tadi. Braziliya terma jamoasi a’zosining Fransiyadagi davri, umuman olganda yomon kechmadi. Olti yildan beri Neymar parijliklar safida 173 ta o‘yinda 118 ta golga mualliflik qildi. Afsuski, Neymar "PSJ" bilan YECHLni yuta olmadi. 2020 yilda final "Bavariya"ga boy berilgan edi.

Pol Pogba

"Manchester Yunayted" 2012 yilda Pogbani "Yuventus"ga sotib yuboradi. Ronaldu uni maqtagan davrda yarim himoyachi Turinda o‘zining eng yaxshi davrlarini boshdan kechirayotgandi. Pogba Italiyada 4 marta ketma-ket chempionga aylanadi. U 2016 yilda "MYU" tomonidan 89 million funtga qayta sotib olinadi. Afsuski, qaytish omadli kechmadi. Pogba o‘z barqarorligini Angliyada tiklay olmadi. 2022 yilda futbolchi yana "Yuventus"ga yo‘l olgandi.

Martin Edegor

2015 yilda endigina 16 yosh bo‘lgan futbolchini kelajakda katta yulduz bo‘ladi deb taxmin qilish, Ronaldu tomonidan qilingan eng qaltis bashorat edi. Norvegiya terma jamoasi a’zosi Ronaldu bilan bilan bir jamoada harakat qilgan. U "Real" tomonidan sotib olinadi va bir necha yillarni ijarada o‘tkazadi. Edegorning 2019-20 yilgi "Real Sosyedad" bilan o‘tagan ijarasi nisbatan omadli kechadi. Shunga qaramay, yarim himoyachi "Real"ning asosiy tarkibiga kira olmadi. Shu sabab, u 2021 yilning yanvarida "Arsenal"ga ijaraga berib yuboriladi. Yarim mavsumda o‘zini ko‘rsata olgan futbolchi o‘sha yili yozda londonliklar tomonidan 30 million funt evaziga xarid qilingan. Shundan beri, Edegor tinmayapti. 24 yoshli pleymeyker hozirga kelib, Yevropaning eng yorqin yulduzlaridan biriga aylandi.

Memfis Depay

Ronaldu tomonidan e’tirof etilgan nomlardan biri Depaydir. U 2015 yilda "MYU"ga o‘tadi. Undan oldin hujumchi Erdiviziyada to‘purarga aylangan edi. Angliyada ishi yurishmagan futbolchi, "Lion"ga ketadi. Fransiya chempionatida qayta porlagan hujumchini "Barselona" xarid qiladi. Ayni damda Niderlandiya terma jamoasi a’zosi "Ateltiko" safida o‘z darajasini qayta tiklamoqda.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 12:36, 11.07.2023.
O'qildi: 10310 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.