Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina 1-0 Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

"Valensiya" muxlislari tomonidan irqchilik nafaqat Vinisiusga, balki Militaoga ham duchor bo‘lgani ma’lum bo‘ldi

"Valensiya" muxlislari tomonidan irqchilik nafaqat Vinisiusga, balki Militaoga ham duchor bo‘lgani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

La Liga "Valensiya" muxlislarining Eder Militaoga nisbatan irqchiliklari haqida sudga xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda La Liga doirasidagi o‘yinda "Valensiya" muxlislari "Real" vingeri Vinisius Juniorni "maymun" deb haqorat qilishgan, shu sababli o‘yin 8 daqiqaga to‘xtatilgan edi.

Hozirda sudda Vinisiusga qarshi irqchilik ishi ko‘rib chiqilmoqda. Cope nashri xabariga ko‘ra, La Liga sudga xat yo‘llab, unda "Mestalya" tribunasidan irqchilikka asoslangan haqoratlar madridliklar himoyachisi Eder Militaoga ham aytilgan. Liga chora ko‘rishni talab qildi va o‘z vakiliga sudda nutq so‘zlash imkoniyatini so‘radi.

Oldinroq "Valensiya" "Real" bilan o‘yinda irqchilik ko‘rsatgani uchun 45 000 yevro jarima va "Mestalya" tribunalaridan birini 5 o‘yinga yopib qo‘ygandi, biroq keyinchalik jazo 3 o‘yinga qisqartirildi va 27 000 yevro miqdorida jarima belgilandi.

Kiritildi: 18:09, 11.07.2023.
O'qildi: 1574 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик