Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Skamakka Mourinyo qo‘l ostida o‘ynashni orzu qiladi

Skamakka Mourinyo qo‘l ostida o‘ynashni orzu qiladi

Baho:
+ | -

"Vest Xem" hujumchisi Janluka Skamakka "Roma"da o‘ynash istagini yashirmadi.

24 yoshli italiyalik futbolchi Angliyaga ko‘chib o‘tganidan so‘ng birinchi mavsumida o‘zini ko‘rsata olmadi. Ko‘plab mish-mishlarga ko‘ra, hujumchi tez orada o‘z vataniga qaytishi mumkin, u yerda uning xizmatlariga "Roma", "Yuventus" va "Milan" qiziqish bildirmoqda.

"Roma" mening uyim, Mourinyo qo‘l ostida o‘ynash - haqiqiy orzu. Ishonchim komilki, bunday murabbiy bilan ishlaganimda sezilarli darajada o‘sgan bo‘lardim", - dedi "Roma"da faoliyatini boshlagan "bolg‘achilar" futbolchisi La Gazette Dello Sport nashriga bergan intervyusida.

Janluka Skamakkaning "Vest Xem" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. O‘tgan yilning iyul oyida London klubi "Sassuolo"dan 36 million yevro evaziga futbolchi sotib olgandi.

Kiritildi: 04:56, 12.07.2023.
O'qildi: 829 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.