Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 1-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya 1-1 Torino
19/09 18:00 Udineze 0-1 Kalyari
19/09 19:00 Brayton 3-0 Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor 2-1 Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Mavsum-2022/203: Fantastik o‘sishga erishgan futbolchilar

Mavsum-2022/203: Fantastik o‘sishga erishgan futbolchilar

Baho:
+ | -

Vaqt o‘tgani sayin futbolda ham o‘zgarishlar bo‘laveradi.

Buning eng tezi o‘yinchilarning narxida kuzatiladi. O‘tgan mavsum davomida narx borasida qimmatlagan futbolchilarni e’tiboringizga havola etishga qaror qildik. Transfermarkt portali ma’lumotlari asosida qiymati oshgan futbolchilarning oldi o‘ntaligi tuzib chiqildi.

10. Alexandro Balde (+46 million yevro)

2022 yilning yozida Balde «Barselona» akademiyasida porlay boshlagan yosh talantga aylangandi. 12 oy ko‘z ochib-yumguncha ortda qoldi va Balde hozir «Barselona»ning asosiy figurasi sifatida e’tirof etila boshladi. U va sheriklari mavsum davomida atigi 20 ta gol o‘tkazib yuborgan edi. Eng quvonarlisi Balde hali 19 yoshda!

9. Kim Min Je (+46)

Janubiy Koreya terma jamoasidan vanihoyat Son Xyon Minga tenglasha oladigan futbolchi chiqdi. Kim «Napoli»da porlagan yangi nomdir. U o‘z jamoasini 30 yilda ilk marta Italiya chempioniga aylantirgan edi. Himoyachi o‘ta tezkor, baquvvat va taktik jihatdan juda aqlli chiqdi. 27 yoshli futbolchiga «Bavariya» da’vogarlik qilayotgani ham bejiz emas.

8. Aleksis Makallister (+49)

Jahon chempioni, «Brayton» yarim himoyasida boshqaruvchiga aylangandi. Argentina terma jamoasi a’zosi uchun da’vogarlar ko‘payib ketgan bir paytda, «Liverpul» uni «AMEX» stadionidan olib ketdi. 25 yoshli futbolchi mersisaydliklar uchun atigi 35 million funtga tushdi xolos.

7. Vinisius Junior (+50)

Garchand mavsum davomida Ispaniya bo‘ylab toqatsizlik qilayotgan irqchilarga ko‘p duch kelgan bo‘lsa ham, Vini Junior o‘z yo‘lida sobit qadamlik bilan davom etdi. Shu sababli, hujumchi Braziliya terma jamoasidagi muhimlik darajasi Neymarnikidan ham oshib ketdi. Narx borasida ham Viniga nisbatan shunday iborani ishlata olamiz: oshib ketdi!

6. Viktor Osimxen (+55)

Mavsumni 31 ta gol bilan tugatganidan keyin, Osimxenga ko‘plab puldor klublar qiziqa boshladi. Nigeriya terma jamoasi hujumchisi ayni damdagi futbol olamida Xoland va Mbappedan ke­yingi figura sifatida e’tirof etilmoqda. 24 yoshli futbolchi tezkor va aqlli. Bu esa uni raqib himoyachilari uchun dahshatga aylantiradi. Ko‘plar Viktorni Didye Drogbaga qiyoslaydi va bu bejiz emas.

5. Bukayo Saka (+55)

«Arsenal» tarbiyalanuvchisi hozirda APLning eng yorqin yulduziga aylangan. Saka yaxshi futbolchi bo‘lish bilan birga inson sifatida ham ajoyib hislatlarga ega. U o‘z jamoasiga sodiq va londonliklarni YECHLga qaytarishda muhim rolni bajardi.

4. Randal Kolo-Muani (+64)

Ro‘yxatdagi kutilmagan nomlardan biri bu «Ayntraxt» hujumchisi Kolo-Muani bo‘lsa kerak. Negaki, u 12 oy oldin katta pulga baholanmayotgandi. 24 yoshli hujumchi 45ta o‘yinda 23ta golga mualliflik qildi. Qatardagi mundialda ham futbolchining nomi Fransiya terma jamoasida e’tirof etilgandi. Hozirda Kolo-Muani 86 million funt­ga baholanmoqda.

3. Enso Fernandes (+65)

Ha, Ensoning «Chelsi»dagi harakatlari hali 106 million funtni oqlay olgani yo‘q. Ammo u Londonga kelishidan oldin «Benfika» va Argentina termasida fantastik darajaga chiqqandi. 22 yoshli yarim himoyachi qatardagi jahon chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisiga aylangandi. Fernandesning qobiliyatiga shubha yo‘q. Ammo uni APLda ham namoyish etish kerak bo‘ladi.

2. Moyzes Kaysedo (+69)

Kaysedo uchun «Arsenal» va «Chelsi» kurashayotgan edi. Ammo APLning eng yaxshi yarim himoyachilaridan birini olib ketish oson bo‘lmaydi. «Brayton» uni qishda «Arsenal»ga sotmagan edi. Hozir esa xaridorlar anchagina. Ekvadorlikni maydondagi harakatlari asosida N~Golo Kantega o‘xshatish mumkin. Ajoyib futbolchi tez orada o‘zining top-klubini topadi.

1. Xvicha Kvarasxeliya (+70)

O‘z ona yurtining Batumi shahrida futbol o‘ynab yurgan hujumchi, bir yil ichida butun dunyo taniydigan super-yulduzga aylandi. Futbolda shunaqasi ham bo‘lib turadi. Xvicha o‘tgan mavsumning eng omadli vakili edi. Italiya chempioni YECHLning eng yosh yil futbolchisiga aylandi. Uning 22 yoshligini hisobga olgan holda aytish mumkinki, hali Gruziya terma jamoasi a’zosining yorqin kelajagi oldinda. Uning narxi bir yilda 70 million yevroga o‘sganini esa tushunasiz.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 13:08, 12.07.2023.
O'qildi: 4544 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик