Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino 2-3 Lasio
29/09 17:00 Selta 1-1 Jirona
29/09 17:30 Braziliya 3-1 Marokash
29/09 18:00 Roma 2-1 Venetsiya
29/09 18:00 Komo 3-2 Verona
29/09 18:00 Ipsvich 2-2 Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao 1-1 Sevilya
29/09 20:00 Ukraina 9-4 Venesuela
29/09 20:30 Man. Yunayted 0-3 Tottenhem
29/09 21:00 Empoli 0-0 Fiorentina
29/09 21:30 Betis 1-0 Espanyol
29/09 23:45 Napoli 2-0 Monsa
30/09 00:00 Atletiko 1-1 Real Madrid
30/09 17:30 Fransiya 2-1 Paragvay
30/09 20:00 Qozog‘iston 1-5 Argentina
30/09 21:00 As-Sadd 0-0 Istiqlol
30/09 21:00 Persepolis 1-0 Paxtakor
30/09 21:00 Al-Vasl 0-1 Al-Ahli (SA)
30/09 23:00 An-Nasr (SA) - Ar-Rayyan
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

"MYU" umidvorlari: mavsumoldi o‘yinlarida ular oldida ikkita yo‘l bor – yo porlaysan, yo "chopilasan"

"MYU" umidvorlari: mavsumoldi o‘yinlarida ular oldida ikkita yo‘l bor – yo porlaysan, yo "chopilasan"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" bilan Erik ten Xag ilk mavsumni omadli o‘tkazdi. Jamoa yana YECHLga qaytdi, besh yillik tanaffusdan keyin ilk titul qo‘lga kiritildi. Niderlandiyalik mutaxassis klubga kelganida, ahvol og‘ir edi. Ten Xag o‘zi uchragan to‘siqlarni yengib o‘tib, jamoani haqiqiy yuksalish sari yetaklay boshladi. Biroq, bu yetarli emas. Hali oldinda qilinadigan ishlar ko‘p va bu mavsumoldi o‘yinlari bilan boshlanadi. Bu bahslarning o‘ziga yarasha muhim tomonlari bor. Umumiy darajadan tashqari, yangi mavsumga qadar bo‘lgan davrda o‘rtoqlik uchrashuvlari, tarkibning ayrim vakillarining keyingi taqdirini ham belgilab beradi. Ular oldida ikkita yo‘l qolgan: yo yorqin o‘yini bilan Erik ten Xag oldida jamoada qolishga loyiq ekanini isbotlaydi, yoki bo‘lmasam, "chopiladi". Quyida o‘sha futbolchilarning kim ekanini bilib olasiz.

Jeydon Sancho

Uzoq kurashlardan keyin, 2021 yilning yozida "MYU" Sanchoni 73 million funtga sotib oladi. Hujumchi birinchi mavsumni butun jamoa singari o‘ta muvaffaqiyatsiz o‘tkazgan edi. Ammo ikkinchisida hammasi o‘zgarishi kutildi. Afsuski, Sancho umidlarni oqlay olmadi. Mavsum o‘rtasida Sancho ten Xag tomonidan maxsus mashg‘ulotlarga jo‘natiladi. Qaytib kelib tayinli foydasi tegmagan futbolchi, hozirda taqdiridan xavotir olishi kerak. Sancho mavsumoldi o‘yinlarida o‘zini ko‘rsatmasa, sotib yuborilishi ham hech gap emas.

Eron Uan-Bissaka

Himoyachi jamoaga o‘tgan mavsumning yarmida ijaradan qaytib keladi. Shunga qaramay, u o‘ng qanotda Diyegu Dalot uchun raqobat uyushtira oldi. Uan-Bissaka tez orada boshlanadigan o‘yinlarda porlash orqali asosiy tarkibdagi o‘rnini mustahkamlab olishi mumkin. Buning aksi bo‘lsa, ten Xag uni ayab o‘tirmaydi.

Amad Diallo

Ijarada o‘tgan mavsum hujumchi uchun omadli kechdi. Amad "Sanderlend" safida 14 ta gol va 4 ta assistni amalga oshirgan edi. Erik ten Xag buni juda yaxshi biladi. 22 yoshli futbolchi uchun yana bir ijara mavsumi ham zarar qilmaydi. Ammo mavsumoldi o‘yinlari orqali Diallo "MYU"da qolishga loyiq ekanini isbotlashi mumkin. Sanchoning oxsayotgani fonida, ivuarlik hujumchi tarkibga kirib olishga muvaffaq bo‘lsa ajab emas. Hech bo‘lmaganda, bu safar Dialloga APL klublaridan biri ijara shartnomasi taklif etishi kerak.

Donni van de Bek

Hamma van de Bek transferini omadli bo‘ladi deb hisoblardi. Ammo bunday bo‘lmadi. Shunga qaramay, umid va imkon doimo topiladi. Jarohatlar yarim himoyachini Angliyada holdan toydirdi. Agarda sog‘lom bo‘lganida, balki van de Bek yaxshiroq ko‘rinardi. Hozir 26 yoshli futbolchi nafaqat "MYU"da qolishi uchun, balki yaxshiroq jamoadan taklif kelishi uchun ham o‘zini ko‘rsatishi lozim. Bu uchun mavsumoldi o‘yinlari ajoyib imkoniyatni taqdim etadi. Ten Xagning esa sabr kosasi to‘lib bormoqda.

Alexandro Garnacho

Ro‘yxatda o‘tgan mavsumni eng yaxshi o‘tkazgan futbolchi sifatida aynan Garnachoni keltira olamiz. O‘tgan yoz argentinalik uchun oson o‘tmadi. Erik ten Xag mavsum davomida hujumchi uchun ayrim imkoniyatlarni berib bordi. Endi katta sahnaga kelish vaqti keldi. Hammasi Garnachoning yangi mavsumgacha qanday harakat qilishiga bog‘liq. Agarda bu davr omadsiz kechsa, Garnacho uchun "MYU"dagi sarguzashtlar yakuniga yetishi ham mumkin. Negaki, hech kim bu xavfdan sug‘urtalanmagan.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 20:44, 12.07.2023.
O'qildi: 3045 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.