Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Daxshat! "Chelsi" yoz boshidan beri 25 ta futbolchini 216.5 million funtga sotdi. Yana 10 ta nomzod tayyor turibdi

Daxshat! "Chelsi" yoz boshidan beri 25 ta futbolchini 216.5 million funtga sotdi. Yana 10 ta nomzod tayyor turibdi

Baho:
+ | -

"Chelsi" Maurisio Pochettino davrida tarkibi eng keskin o‘zgarayotgan klubga aylandi. 51 yoshli argentinalik mutaxassis "aristokratlar" uchun o‘ta muvaffaqiyatsiz kechgan, finish 12 o‘rinda yakunlangan mavsumdan keyin jamoani o‘nglashga harakat qilmoqda. Klub egasi Todd Boeli bir mavsumda naq 600 million funtni transferlar uchun sarflab yuborgani sababli, tarkibda ortiqcha futbolchilar ko‘payib ketgandi. Shu sababali, rahbariyat Moliyaviy feyr pley me’yorlariga javob beradigan muhit yaratishga kirishdi. Bu uchun ancha-muncha tozalash ishlarini amalga oshirish kerak.

"Stemford Brij"ni hozirga qadar 25 ta futbolchi tark etdi. Yana 10 yulduz ular ortidan ravona bo‘lishga yaqin turibdi. Xususan, to‘qqiz futbolchi sotildi yoki erkin agent sifatida "Chelsi" bilan xayrlashdi. Kay Xavers, Meyson Maunt, Mateo Kovachich, Ruben Loftus-CHik, Kalidu Kulibali va Eduar Mendi sotuvidan ko‘rilgan umumiy foyda 216.5 million funtga tengdir. Yana N'Golo Kante va Sesar Aspilikueta kabi katta kalibrga mansub yulduzlar tekinga qo‘yib yuborilgan edi.
Hujumchi David Dantro Fofana "Union Berlin"ga ijaraga berib yuborilgan bo‘lsa, Joau Feliks va Denis Zakarialar kelgan joyiga qaytarildi. Klub, shuningdek, 13 ta akademiyadan chiqqan futbolchilarni qo‘yib yuborgan.

"Chelsi"dan ketganlar ro‘yxati:
Umumiy tark etishlar soni – 25 ta

Sotilganlar – 9 ta
Kay Xavers – 65 million funt
Meyson Maunt – 60 million funt
Mateo Kovachich – 30 million funt
Loftus-CHik – 18.5 million funt
Kalidu Kulibali – 17 million funt
Eduar Mendi – 16 million funt
N'Golo Kante – tekin
Sesar Aspilikueta – tekin
Umumiy – 216.5 million funt

Ijarada – 1 ta
David Datro Fofana – "Union Berlin"

Ijarasi tugaganlar – 2 ta
Joau Feliks – "Atletiko"
Denis Zakaria – "Yuventus"

Ehtimoliy transferga qo‘yiladiganlar soni – 10 ta
Pyer-Emerik Obameyang
Romelu Lukaku
Kristian Pulishich ("Milan"da)
Xakim Ziyesh
Kallum Xadson-Odoi
Mark Kukurelya
Malang Sarr
Itan Ampadu
Trevo Chaloba
Konor Gallaxer

Akademiyadan – 13 ta.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 22:01, 12.07.2023.
O'qildi: 6595 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.