Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Vlaxovich o‘ziga yangi jamoa tanladi

Vlaxovich o‘ziga yangi jamoa tanladi

Baho:
+ | -

"Yuventus"ning serbiyalik hujumchisi Dushan Vlaxovich jamoasini o‘zgartirishga qaror qildi.

Jurnalist Alfredo Peduglia xabariga ko‘ra, "byankonerilar" hujumchisi hozirgi jamoasini tark etib, "PSJ"ga o‘tishga qaror qilgan. Xabar qilinishicha, klublar futbolchining ehtimoliy transferi bo‘yicha hali kelishuvga erishmagan, biroq fransuz giganti bonus to‘lovlarini hisobga olmaganda, 70 million yevro taklif qilmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Dushan Vlaxovich 2022 yilning yanvarida "Yuventus" futbolchisiga aylangandi. Bu davrda serbiyalik barcha musobaqalarda 62 uchrashuvda 23 ta gol urdi. Transfermarkt portali 23 yoshli hujumchining narxini 70 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 10:33, 13.07.2023.
O'qildi: 4654 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик