"Chelsi" hujumkor yarim himoyachisi Kallum Xadson-Odoi Saudiya Arabistonidan kelgan taklifni APLda qolish uchun rad etdi. Evening Standard xabariga ko‘ra, "Fulxem" 22 yoshli futbolchining yangi klubi bo‘lishi mumkin. Londonliklar tarkibida Xadson-Odoi Villianning o‘rnini bosishi mumkin, ammo braziliyalik hali ham klub bilan yangi shartnoma imzolashi mumkinligi haqida ma’lumotlar bor.
Kallum Xadson-Odoiga shuningdek "Kristal Pelas" va "Nottingem Forest" qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2022/2023 yilgi mavsumda Xadson-Odoi "Bayer"da ijara asosida o‘ynagan. Transfermarkt portali futbolchini 15 million yevroga baholamoqda.