Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

"Arsenal"ning barcha davrlardagi eng qimmat transferlari (top-10)

"Arsenal"ning barcha davrlardagi eng qimmat transferlari (top-10)

Baho:
+ | -

10. Aleksis Sanches – 38.3 million funt, "Barselona"dan

Sanchesning kelishi "Arsenal"ning eng omadli transferlaridan biri sanaladi. Hujumchi "Emirates" stadionda fantastik daraja namoyish etgan edi. 2016-17 yilgi mavsumda chililik futbolchi 24 ta gol va 10 ta assistga mualliflik qiladi. Afsuski, Sanches oradan ko‘p o‘tmay, "MYU"ga berib yuboriladi va bu rahbariyat tomonidan yo‘l qo‘yilgan eng katta xatolardan biri edi.

9. Granit Jaka – 40.5 million funt, "Myunxengladbax"dan

Jaka jamoadagi so‘nggi mavsumida ajoyib harakat qildi. Uning Tomas Parti bilan yarim himoyadagi harakatlari tahsinga sazovardir. Tartib-intizom borasida doimo muammolarga duch kelgan futbolchi, vanihoyat ketishidan oldin "Arsenal" safida haqiqiy lider qanday bo‘lishi kerakligini ko‘rsata oldi.

8. Mesut O‘zil – 42.3 million funt, "Real"dan

Mesut O‘zil dunyo futbolining daholaridan biridir. Pleymeyker, maydonda osonlik bilan xavfli vaziyatlar yarata olardi. Afsuski, uning paslarini yetarlicha golga aylantira oladigan futbolchilar doim ham topilavermagan. Garchand jamoadan ketish unchalik ham yoqimli bo‘lmagan bo‘lsada, O‘zil doimo London jamoasida hurmat bilan eslanadi.

7. Tomas Parti – 45 million funt, "Atletiko"dan

Partining APLdagi dastlabki ikki yili jarohatlar sabab murakkab kechdi. Biroq, uchinchisida hammasi o‘zgardi. Parti o‘tgan mavsumda Jaka bilan "Arsenal" yarim himoyachi uchun o‘ta kerak figuraga aylandi. Uning harakatlari Kazemiroga qiyoslana boshlandi.

6. Gabriel Jezus – 45 million funt, "Manchester Siti"dan

"Arsenal"ga Obameyang va Lyakazett juftligidan keyingi davrda markaziy hujumchi o‘ta zarur edi. Klub 2022 yilning yanvarida Dushan Vlaxovich uchun kurashib ko‘radi. Ammo bu poygada "Yuventus" g‘olib chiqqan edi. Shu sabab yozda Gabriel Jezus sotib olinadi. O‘tgan mavsum davomida braziliyalik fantastik o‘yin ko‘rsatib, jamoa bog‘lamlarida faolligi bilan ajralib turdi.

5. Aleksander Lyakazett – 47.7 million funt, "Lion"dan

Lyakazett Londondagi besh yilni yomon o‘tkazmadi. Ammo "Arsenal"ga kerak bo‘lgan narsa unda yo‘q edi. Ha, hujumchi ketma-ket mavsumlar davomida 10 tadan kam gol urmadi. Afsuski, bu yetarli emasdi. Lyakazett to‘pchilarni YECHLga qaytara olmadi. U "Lion"ga erkin agent sifatida bir yil oldin qaytib ketgan edi. Fransiyalik "Arsenal" uchun 206 ta o‘yinda 71 ta golga mualliflik qildi.

4. Ben Uayt – 50 million funt, "Brayton"dan

Uayt yaxshi futbolchi. Buni hamma biladi. Ammo 2021 yilda u uchun to‘langan 50 million, ko‘pchilik nazarida haddan oshiq ko‘p edi. O‘tgan mavsum himoyachi uchun ham yaxshi o‘tdi. U Mikel Arteta jamoasida markaziy mudofaadan qanotga ko‘chib o‘tgan edi.

3. Pyer-Emerik Obameyang – 57.4 million funt, "Borussiya Dortmund"dan

Gabon terma jamoasi a’zosi dastlabki ikki mavsumda "Arsenal" uchun katta ish bajaradi. Hammasi 2020 yilning yozida, Obameyang yangi shartnomaga qo‘l qo‘yganidan keyin boshlandi. Hujumchining tartib-intizomga amal qilishi qiyinlashdi. Oqibatda, u Mikel Arteta bilan janjallashib qoldi. 2022 yilning yanvarida 34 yoshli futbolchi "Barselona"ga yo‘l olgan edi.

2. Kay Xavers – 65 million funt, "Chelsi"dan

Bundesligada yulduzga aylangan futbolchi, "Chelsi"dagi uch mavsumni yaxshi o‘tkazmadi. Xavers u yerda o‘ziga noqulay bo‘lgan o‘rinlarda foydalanilgan edi. "Arsenal" Germaniya terma jamoasi a’zosini yaqindagina, 65 millionga xarid qildi. Arteta u bilan ko‘p narsaga erisha olishiga ishonadi.

1. Nikolya Pepe – 72 million funt, "Lill"dan

72 million evaziga APLni yondiradigan futbolchi kutilgandi. Ammo Pepe bunday bo‘lib chiqmadi. Hujumchi ilk mavsumida 5 ta gol urishga erishadi. Ikkinchisida esa bu ko‘rsatkich 10 taga o‘zgardi. Uchinchisi butunlay rasvo bo‘ladi. Pepe 2021-22 yilgi davr mobaynida faqat bitta golga mualliflik qildi. U o‘tgan mavsumni "Nissa"da, ijara asosida o‘tkazdi. Ayni damda "Arsenal" unga xaridor qidirmoqda.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: footballtransfers.com
Kiritildi: 23:07, 13.07.2023.
O'qildi: 2824 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик