Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan 4-3 Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta 1-0 As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing

O‘zPFL mutaxassislari “Bobur arena”da bo‘ldi

O‘zPFL mutaxassislari “Bobur arena”da bo‘ldi

Baho:
+ | -

Andijondagi “Bobur arena” O‘zbekiston professional futbol ligasi talab qilgan ko‘rinishga kelishi yo‘lida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari sabab klub birinchi davradagi uy uchrashuvlarini Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida qabul qildi.

12 iyul kuni Liga mutaxassislari “Bobur arena”da bo‘ldi. Ayni paytda stadionda ta’mirlash ishlari yakuniy bosqichga kirgan. Maydonning sug‘orish va drenaj tizimi to‘liq yangilangan bo‘lib, maydonda o‘sib turgan yangi maysa yaxshi holatda.

Endilikda media tribunani kengaytirish, VIP tribuna va zaxira o‘rindiqlarini kengaytirish, ularni zamonaviy ko‘rinishga keltirish, matbuot anjumani xonasini jihozlash, o‘yin davomida jamoalar chigalyozdi mashg‘ulotlarini o‘tkazishi uchun maxsus joylarni hozirlash, kameralar o‘rnatiladigan joylarni tayyorlash ishlari davom etmoqda.

Yakuniga yetkazish muhim bo‘lib turgan yana bir masala — projektor lampalarini Andijonga olib kelish va stadionga o‘rnatish ishlari bo‘lib turibdi. Kelishuvga ko‘ra, projektor mavsum avvalidayoq tayyor bo‘lishi kerak edi. Biroq bu borada shartnoma tuzish ishlari biroz cho‘zildi. Bugunga kelib barcha shartnomalar imzolangan bo‘lib, endilikda tegishli texnikaning xorijdan kirib kelishi ishlari davom etmoqda.

Liga «Andijon» ikkinchi davradan boshlab “Bobur arena”ga qaytishi yo‘lida klub hamda unda ish olib borayotgan korxonalar bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi. Shundan kelib chiqib, mutaxassislar bir haftadan so‘ng Andijonga qayta keladi hamda projektorlarni nazoratdan o‘tkazadi. Uning o‘sha kundagi holatidan kelib chiqib, Superliga 14-turidan o‘rin olgan «Nasaf»ga qarshi bellashuvning qaysi stadionda o‘tkazilishi masalasiga oydinlik kiritiladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 11:27, 14.07.2023.
O'qildi: 1386 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик