Myunxenning "Bavariya" klubi o‘tgan mavsumda 30 gol bilan Erling Xolanddan keyin Angliya Premyer-ligasida ikkinchi to‘purar bo‘lgan hujumchi Harri Keynni qo‘lga kiritishiga umid qilmoqda.
Jurnalist Kristian Falk xabariga ko‘ra, "Bavariya" rahbariyati yaqinda "Tottenxem" prezidenti Daniyel Levi bilan muzokara o‘tkazgan. Qayd etilishicha, muloqot ancha ijobiy o‘tgan.
Keynning "Tottenxem" bilan shartnomasi tugashiga bir yil qoldi, shuning uchun "Bavariya" transfer amalga oshishidan umidvor. Oldinroq “shporlar” Xarri uchun 100 million yevrodan ortiq talab qilgan edi.