Portugaliyalik mashhur vinger Luish Nani Turkiya chempionatiga o‘tdi. 36 yoshli futbolchining yangi ish joyi “Adana Demirspor” klubi bo‘ladi.
Klub rasmiy sayti xabar berishicha, tajribali futbolchi bilan bir yillik mehnat shartnomasi tuzilib, bir mavsumga uzaytirilishi mumkin.
O‘tgan mavsumda Nani "Melburn Victori" uchun Avstraliya chempionatida o‘ynadi. Portugaliyalik o‘nta uchrashuvda qatnashib, ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi.