Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

«Bavariya» Kvarasxeliyani sotib olmoqchi, ammo Xvichani emas

«Bavariya» Kvarasxeliyani sotib olmoqchi, ammo Xvichani emas

Baho:
+ | -

«PSJ» yulduzi Xvicha Kvarasxeliyaning ukasi, 16 yoshli gruziyalik futbolchi Tornike Kvarasxeliya Yevropaning grand klublaridan biri bilan shartnoma imzolashi mumkin. Goal portali bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Myunxenning «Bavariya» klubi yosh iste’dod egasini o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Hozirda kichik Kvarasxeliya Tbilisining «Dinamo» jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Shuningdek, Tornike Gruziyaning 17 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasiga ham muntazam chaqirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» ayni kunlarda UYEFA Chempionlar ligasi yarim finalida aynan «PSJ»ga qarshi bahs olib bormoqda. Dastlabki o‘yinda myunxenliklar parijliklarga 4:5 hisobida imkoniyatni boy berishgan edi. Javob uchrashuvi 6 may kuni Myunxendagi stadionda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 13:14, 05.05.2026.
O'qildi: 2261 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик