“Gerta” hujumchisi Jessik Ngankam Frankfurtning “Ayntraxt” klubi bilan shartnoma imzoladi, deya xabar beradi klub rasmiy sayti.
22 yoshli germaniyalik bilan kelishuv 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfer summasi 4 million yevroni tashkil qildi.
O‘tgan mavsumda Ngankam 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.