"Lester"ning sobiq yarim himoyachisi Denni Drinkuoter o‘tgan mavsumda chempionshipga tushib ketgan jamoaga qaytish istagini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, angliyalik avvalroq "Lester" bilan Premyer-ligada g‘olib chiqqan, ammo 2017 yilda jamoani tark etib, "Chelsi"ga o‘tgandi.
"Men "Lester"ga qaytishga 100% tayyorman, buni o‘zimga tushuntirdim. Bu joy men uchun alohida ma’noni anglatadi.
Men jamoaga Premyer-ligaga qaytishda yordam berishni istardim", - deya Drinkuoterdan iqtibos keltirdi Football Daily.
Eslatib o‘tamiz, "Lester"ga yaqinda italiyalik Enso Mareska bosh murabbiy etib tayinlangandi, u avvalroq "Manchester Siti"da Xosep Gvardiolaning yordamchisi bo‘lib ishlagan.